Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Haqiqiy masihiylar sevgi bilan ajralib turadi. Bebaho birlikni asrang

Haqiqiy masihiylar sevgi bilan ajralib turadi. Bebaho birlikni asrang

BUNING MUHIMLIGI. Iso o‘limidan oldingi kechada shogirdlari «chinakamiga birlikda bo‘lishlari» haqida ibodat qilgan. (Yuh 17:23) Yakdil qolish uchun biz sevgini namoyon etishimiz lozim, zero sevgi «xafagarchiliklarni hisoblab yurmaydi». (1Kr 13:5)

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Boshqalarning ijobiy tomonlarini izlab, Yahovaga taqlid qiling

  • Chin ko‘ngildan kechiring

  • Masalani hal qilib bo‘lgach esa, uni boshqa ko‘tarmang. (Hk 17:9)

«ORANGIZDA MEHR-MUHABBAT BO‘LSIN. XAFAGARCHILIKLARNI HISOBLAB YURMANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Videoning birinchi qismida Xelen «xafagarchiliklarni hisoblab yurganini» qanday sezib qoladi?

  • Qay tariqa Xelen videoning ikkinchi qismida salbiy fikrlarini yengib, ijobiy nuqtai nazarni rivojlantiradi?

  • Xelen, oxir-oqibat, jamoatning yakdilligiga qanday hissa qo‘shdi?

Xafagarchiliklarni hisoblab yursak, ko‘proq kimga zarar keltiramiz?