HAYOT TARZIMIZ
Xudoning Shohligi haqida va’z qilishga qaratilgan noyabr oyidagi maxsus kampaniya
Iso «Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi xushxabarni» va’z qilgan. (Lq 4:43) Shuningdek, u odamlarga ushbu Shohlik kelishi haqida ibodat qilishni o‘rgatgan. (Mt 6:9, 10) Noyabr oyida Xudoning Shohligi haqida va’z qilishga qaratilgan kampaniya o‘tkaziladi. (Mt 24:14) Mazkur kampaniyada to‘liq ishtirok etish uchun kundalik jadvalingizni bunga moslashtiring. Bu oyda ko‘makchi kashshof sifatida xizmat qilmoqchi bo‘lgan barcha 30 yoki 50 soat normasini tanlashi mumkin.
Hududingizda imkon boricha ko‘proq odamlarga Xudoning Shohligi haqidagi biron-bir oyatni ayting. Oyatni tanlayotganingizda odamlarning e’tiqodini inobatga oling. Agar kimdir birinchi suhbat paytida qiziqish bildirsa, unga «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining 2020-yil «Xudoning Shohligi o‘zi nima?» nomli tarqatish sonining nusxasini bersangiz bo‘ladi. Keyin iloji boricha tezroq bu insonga takroriy tashrif qiling va «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dan joy olgan adabiyot yordamida Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashga intiling. Yaqin orada Xudoning Shohligi unga qarshi chiqqan barcha hukumatlarni yakson qiladi. (Dn 2:44; 1Kr 15:24, 25) Shuning uchun, keling, Yahovaga va Uning Shohligiga bo‘lgan sadoqatimizni ko‘rsatish kabi ushbu o‘zgacha imkoniyatni qo‘ldan boy bermaylik!