Butparastlikdan qochinglar
Isroil xalqining butlarga sajda qilishiga misrliklarning fikrlash tarzi ta’sir qilganga o‘xshaydi. Bugungi kunda butparastlikning ko‘plab turlari mavjud va ulardan ayrimlarini hatto aniqlash qiyin. Garchi biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri butlarga sajda qilmasak ham, xudbin istaklarimiz Yahovaga chin dildan topinishimizga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘yishimiz va shu yo‘sin butparastga aylanib qolishimiz hech gap emas.
Kundalik hayotimdagi qaysi narsalar Yahovaga topinishimga xalaqit berishi mumkin va ular Yahovaga bo‘lgan xizmatimdan muhimroq bo‘lib qolmasligi uchun nima qila olaman?