HAYOT TARZIMIZ
Yahova bilan munosabatlaringizni qadrlang
Yahovaning Shohidlari o‘zgacha sharafga ega. Yahovaga bag‘ishlangan, suvga cho‘mgan masihiylar sifatida biz Oliy Hukmdor Yahova bilan yaqin va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishni davom ettiryapmiz. U O‘g‘li orqali bizni O‘ziga jalb qildi. (Yuh 6:44) Qolaversa, U ibodatlarimizni eshitadi. (Zb 34:15)
Alloh bilan o‘zgacha do‘stona munosabatlarimizni qanday asray olamiz? Birinchidan, isroilliklar qilgan gunohli ishlardan qochishimiz kerak. Yahova Isroil xalqi bilan ahd tuzganidan ko‘p o‘tmay, ular o‘zlariga oltin buzoqning haykalini yasab, butparast bo‘lib ketishdi. (Chq 32:7, 8; 1Kr 10:7, 11, 14) O‘zimizdan shunday so‘rab ko‘raylik: «Vasvasaga duch kelganimda, qanday yo‘l tutaman? Harakatlarim Yahova bilan munosabatlarni qadrlayotganimni ko‘rsatyaptimi?» Samoviy Otamizga bo‘lgan chuqur sevgimiz U nafratlanadigan ishlardan qochishimizga yordam beradi. (Zb 97:10)
«YAHOVA BILAN MUNOSABATLARINGIZNI ASRANG (KLS 3:5)» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Ochko‘zlik bu nima?
-
Nima uchun ochko‘zlik va butparastlikdan qochishimiz kerak?
-
Zino butparastlik bilan qanday bog‘liq?
-
Nega ayniqsa mas’uliyatli birodarlar rafiqalarining ehtiyojlarini qondirishayotganiga amin bo‘lishlari lozim?