Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | YUHANNO 5–6

Isoga to‘g‘ri niyat bilan ergashing

Isoga to‘g‘ri niyat bilan ergashing

6:9-11, 25-27, 54, 66-69

Iso shogirdlariga tushunishga qiyin bo‘lgan misol keltirganida, ulardan ba’zilari qoqinib, unga ergashmay qo‘yishgan. Iso atigi bir kun oldin ularni mo‘jizaviy tarzda oziqlantirib, uning qudrati Allohdan kelib chiqqanini isbotlagan. Xo‘sh, ular nega qoqinishgan? Aftidan, ular Isoga xudbin niyat bilan ergashishgan. Ular Iso bilan moddiy manfaat ko‘zlab muloqot qilishgan.

Har birimiz o‘zimizdan shunday so‘rasak bo‘ladi: «Isoga nega ergashyapman? Asosan hozirgi va kelajakdagi barakalar uchunmi? Yoki Yahovani sevib, Unga ma’qul kelishni istayotganim uchunmi?»

Asosan quyidagi sabablarga ko‘ra Yahovaga xizmat qilsak, nega qoqinishimiz mumkin?

  • Yahovaning xalqi bilan bo‘lish bizga yoqadi

  • Jannatda yashamoqchimiz