Iso Otasini ulug‘lagan
Iso barcha so‘zlariyu ishlarida samoviy Otasini ulug‘lagan. Iso odamlar uning xabari Xudodan ekanini bilishlarini istagan. Shu bois, u Muqaddas Yozuvlarga asoslanib ta’lim bergan va ulardan tez-tez iqtibos keltirgan. Isoni maqtashganida, u o‘ziga diqqat qaratmasdan, bor shon-sharafni Yahovaga bergan. Iso birinchi navbatda Yahova unga topshirgan vazifani bajarish haqida o‘ylagan. (Yuh 17:4)
Qay yo‘sin quyidagi vaziyatlarda Isoga taqlid qila olamiz?
-
Muqaddas Kitob tadqiqida yoki sahnadan turib ta’lim berganda
-
Boshqalar maqtashganda
-
Vaqtimizni qanday o‘tkazishni hal qilganda