HAYOT TARZIMIZ
Tashvishlanmang
Tog‘dagi va’zida Iso: «Joningiz uchun... tashvishlanmanglar»,— degan. (Mt 6:25) To‘g‘ri, Shaytonning dunyosida yashayotgan gunohkor odamlar uchun ba’zida tashvishlanish tabiiydir. Lekin Iso izdoshlarini haddan ortiq tashvishlanishdan ogohlantirgan edi. (Zb 13:2) Nega? Sababi, hatto kundalik ehtiyojlar haqida haddan ortiq tashvishlanish Shohlik ishlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga to‘sqinlik qilib, bizni chalg‘itishi mumkin. (Mt 6:33) Isoning quyidagi so‘zlari bizga keragidan ortiq tashvishlanmaslikka yordam beradi:
-
Mt 6:26. Qushlarni kuzatishdan nimani o‘rgansak bo‘ladi? (w16.07 9–10- sah., 11–13- x.b.)
-
Mt 6:27. Nega o‘rinsiz tashvish vaqt va kuchni o‘g‘irlaydi? (w05 1.11. 3- sah., 5- x.b.)
-
Mt 6:28–30. Dashtdagi lolalardan qanday saboq olsak bo‘ladi? (w16.07 10–11- sah., 15–16- x.b.)
-
Mt 6:31, 32. Masihiylar o‘zga xalqlardan nimasi bilan farq qiladi? (w16.07 11–12- sah., 17- x.b.)
Men shular haqida tashvishlanishni to‘xtatmoqchiman: