Iso odamlarni yaxshi ko‘rgan
Matto kitobining 8- va 9- boblarida qisman Isoning Jalila hududidagi xizmati tasvirlangan. Iso odamlarni davolaganida o‘z qudratini va, eng muhimi, boshqalarga bo‘lgan ulkan sevgisiyu hamdardligini namoyon etgan.
-
Iso moxov kishini davolagan. (Mt 8:1–3)
-
Iso yuzboshining xizmatkorini sog‘aytirgan. (Mt 8:5–13)
U Butrusning qaynonasiga shifo bergan. (Mt 8:14, 15)
U jinlarni quvib chiqarib, kasallarni davolagan. (Mt 8:16, 17)
-
Iso nihoyatda vahshiy jinlarni quvib chiqarib, ularni cho‘chqa podasiga yuborgan. (Mt 8:28–32)
-
Iso shol odamni tuzatgan. (Mt 9:1–8)
Uning kiyimiga tekkan ayolga shifo berib, Yairning qizini tiriltirgan. (Mt 9:18–26)
U ko‘zi ojiz va soqovlarni sog‘aytirgan. (Mt 9:27–34)
-
Iso shaharlaru qishloqlar bo‘ylab yurib, odamlarning har turli kasalliklariyu darmonsizliklarini davolardi. (Mt 9:35, 36)
Qay yo‘sin atrofimdagi odamlarga sevgi va hamdardlikni ko‘proq namoyon eta olaman?