Iso rohat baxsh etgan
«Mening bo‘yinturug‘im qulay»
Iso duradgor sifatida bo‘yinturuq yasashni yaxshi bilgan. Bo‘yinturuq bilan ishlash imkon boricha qulay bo‘lishi uchun Iso hatto uni mato yoki charm bilan o‘ragan bo‘lishi mumkin. Suvga cho‘mib, Isoning shogirdlik bo‘yinturug‘ini olganimizda, zimmamizga zahmatli ishlar hamda mas’uliyatli vazifalarni yuklaganmiz va bu bizga rohat baxsh etib, ko‘plab barakalar keltirmoqda.
Isoning bo‘yinturug‘ini olib yurganingizdan beri qanday barakalarga erishdingiz?