Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Avvaliga borib birodaringiz bilan yarashing. Ammo qanday qilib?

Avvaliga borib birodaringiz bilan yarashing. Ammo qanday qilib?

Tasavvur qiling, siz Isoning davrida Jalilada yashayapsiz. Chaylalar bayramini nishonlash uchun Quddusga bordingiz. Shahar siz kabi uzoq yerlardan Xudoga topinish uchun kelgan odamlar bilan qaynayapti. Siz Yahovaga nazr keltirmoqchisiz. Echkini olib, mashaqqat bilan shaharning gavjum tor ko‘chalaridan ma’bad tomon yurib ketmoqdasiz. Yetib borganingizda, ma’bad qurbonlik keltirmoqchi bo‘lganlar bilan to‘lganini ko‘rasiz. Oxiri, siz olib kelgan echkini ruhoniylarga berish navbati ham keldi. O‘shanda xaloyiq orasida yoki shahar ichida bo‘lgan birodaringiz sizdan xafa ekani yodingizga tushadi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishingiz kerakligini Iso tushuntiryapti. (Matto 5:24 ni o‘qing.) Qay yo‘sin sizdan xafa bo‘lgan birodar va siz Iso aytganidek yo‘l tutib, yarashishingiz mumkin? Quyida keltirilgan variantlardan to‘g‘risini topib, belgilang.

SIZ...

  • birodaringizda xafa bo‘lish uchun asosli sabab bor, deb o‘ylasangizgina, u bilan gaplashishingiz kerak

  • birodaringizning ko‘ngli nozik ekanini yoki muammoda uning ham aybi borligini sezsangiz, fikrlash tarzini o‘zgartirishingiz kerak

  • birodaringiz his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishganida uni sabr ila tinglashingiz va, hatto vaziyatni to‘liq tushunmasangizda, dilini og‘ritganingiz hamda atayin qilmagan ishlaringizning oqibatlari uchun undan chin dildan kechirim so‘rashingiz kerak

BIRODARINGIZ...

  • jamoatdagilarga uni qanday xafa qilganingizni aytib, ular orasidan o‘ziga tarafdor izlashi kerak

  • sizni tanqid qilishi va muammoni ikir-chikirigacha kovlashtirib, aybni tan olishingizni talab qilishi kerak

  • uning oldiga borish uchun sizdan kamtarlik va jasorat talab qilinganini tushunib, sizni chin qalbdan kechirishi kerak

Garchi bugungi kunda hayvonlarni qurbonlikka keltirmasak-da, birodarimiz bilan yarashish va Xudoga ma’qul bo‘lgan topinish o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida Iso nimalarni o‘rgatgan?