Maxfiylik va kukilar siyosati
Yahova Shohidlarining tashkiloti boshqalarning shaxsiy huquqlarini hurmat qiladi. Ma’lumotlarni himoya qilish siyosati haqida ko‘proq bilish uchun bu yerni bosing. Butun dunyo bo‘ylab ushbu tashkilot bularga rioya qiladi.
Maxfiylik siyosatida Yahova Shohidlarining tashkiloti shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqishi haqida asosiy qoidalar mavjud. Bundan tashqari, quyida mazkur saytga bevosita tegishli bo‘lgan prinsiplar ham keltirilgan.
Ushbu sayt Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc. («Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati»ning) shaxsiy mulki hisoblanadi. Bu, Yahova Shohidlarining faoliyatini va Muqaddas Kitobdan ta’lim berish ishini qo‘llab-quvvatlaydigan notijoriy tashkilotdir. Mazkur saytning ba’zi serverlari Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan.
Shaxsiy ma’lumotlar
Ushbu veb-saytga yuborilgan shaxsiy ma’lumotlar foydalanuvchi bilan kelishilgan maqsadda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar tomonidan ishlatiladi.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqalarga bermaymiz. Quyidagi vaziyatlar bundan istisno bo‘lishi mumkin: agar foydalanuvchining so‘rovini amalga oshirish kerak bo‘lsa (batafsil tushuntirib berilgan taqdirda) yoki bunday ma’lumotlarni taqdim etish muayyan qonundagi talablarning bajarilishini ta’minlash uchun chindan ham kerak bo‘lsa yoki bunday ma’lumotlarni taqdim etish qalloblik, texnik nosozliklarni aniqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun chindan ham kerak bo‘lsa. Ushbu saytdan foydalanib, faqatgina yuqorida keltirilgan vaziyatlarda sizga tegishli shaxsiy ma’lumotni uchinchi shaxsga oshkor etishga rozi ekaningizni ko‘rsatasiz. Siz haqingizdagi biron-bir shaxsiy ma’lumot hech qanday shart bilan sotilmaydi yoki pul evaziga taqdim etilmaydi.
Uchinchi shaxslar. Mazkur saytda bizning nomimizdan turli xizmatlarni bajarishga (masalan, onlayn-blankni to‘ldirishga) jalb qilinadigan uchinchi shaxslarga tegishli veb-saytlarning sahifa manzillari keltirilgan. Uchinchi shaxsning saytida ekaningizni brauzeringizning manzil satri orqali bilib olishingiz mumkin. Uchinchi shaxslar biz kabi standartlarga rioya etish-etmasligini aniqlash uchun, ularning xizmatidan foydalanishdan oldin ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash darajasini sinchkovlik bilan tekshiramiz. Agar uchinchi shaxslarning siyosati to‘g‘risida qandaydir savollaringiz bo‘lsa, iltimos, bu haqda ularning saytida o‘qib ko‘ring.
Xavfsizlik
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga jiddiy yondashamiz. Ma’lumotni uzatganda Transport Layer Sesurity (TLS) kabi shifrlash protokolidan foydalangan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilamiz. Biz foydalanishi cheklangan kompyuter tizimlaridan foydalanamiz. Siz taqdim etgan maxfiy ma’lumotlar jismoniy, elektron va prosessual himoyalash choralari ko‘rilgan qo‘riqlanadigan binolarda saqlanadi.
Akkauntlar
Ushbu saytda akkaunt yaratganingizda yozgan elektron manzilingiz siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Masalan, agar foydalanuvchining ismi (login) yoki parolingizni esdan chiqarsangiz, yordam xizmati parolingizni tiklash uchun akkauntingizda ko‘rsatilgan elektron manzilingiz orqali siz bilan ulanadi.
Xayr-ehsonlar
Agar onlayn xayr-ehson qilsangiz, ismingizni va siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumotni saqlab qo‘yamiz. Bank kartochkalari orqali qilingan xayr-ehsonlarni olish uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshiradigan akkreditiv tizimlardan foydalanamiz. Ular shaxsiy ma’lumotlarni jahon standartlari bo‘yicha himoyalaydi. To‘lovni amalga oshiradigan tizimlar uchun siz yuborgan ma’lumotlarga, kredit kartochkangizga va bankdagi hisob raqamingizga kirish imkoniga ega emasmiz va ularni saqlamaymiz. Xayr-ehson qilingach, pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kamida 10-yil saqlanadi. Bu xayr-ehson qilingan sanani, uning miqdorini va ushbu xayr-ehson qay yo‘sin amalga oshirilganini o‘z ichiga oladi. Shunday yo‘l tutib, buxgalterlik hisobi standartlariga amal qilamiz va bu muddat davomida sizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday savolga javob beramiz. Biz siz bilan bog‘lanib, yana ehson qilishingizni so‘ramaymiz.
Boshqa ma’lumot
Xayr-ehson yoki akkaunt yaratish uchun emas, boshqa maqsadda (masalan, Muqaddas Kitob tadqiqini so‘rab) shaxsiy ma’lumotni (misol uchun, ismingizni, elektron manzilingizni yoki telefon raqamingizni) taqdim etishingiz mumkin. Biz bunday ma’lumotlarni siz qaysi maqsadda taqdim etgan bo‘lsangiz, faqatgina shu maqsadda foydalanish uchun yig‘amiz, saqlaymiz va foydalanamiz.
Kuki fayllari va o‘xshash texnologiyalar
Har safar saytga kirganingizda biz muayyan ma’lumotni avtomatik vositalar yordamida saqlab qolamiz. Biz ushbu ma’lumotlarni kuki fayllari, veb-mayoqlar va shunga o‘xshash texnologiyalar yordamida to‘playmiz. Ushbu hujjatda «kuki» so‘zi keng ma’noda ishlatiladi va bu so‘z ostida shunga o‘xshash texnologiyalar, masalan, lokal xotira nazarda tutiladi.
Kuki fayllari. Boshqa veb-saytlar singari, ushbu saytga kirganingizda «kuki» nomli fayllarning kichik qismi telefoningizning, planshetingizning yoki kompyuteringizning qattiq diskida saqlab qolinishi mumkin. Kukining turlari har xil bo‘lib, sayt bilan ishlashingizni yengillashtirish maqsadida, ularning har biri muayyan vazifani bajaradi. Saytimizga ilgari tashrif buyurgan-buyurmaganingizni bilish va siz tanlagan sozlamalarni saqlab qolish uchun kuki fayllaridan foydalanamiz. Masalan, saytda muayyan tilni tanlagan bo‘lsangiz, bu kuki fayllarida saqlab qolinishi mumkin va saytimizga keyingi safar kirganingizda, saytning tili avtomatik tarzda tanlanadi. Biz kuki fayllaridan reklama qilish maqsadida foydalanmaymiz.
Quyida saytimizda ishlatiladigan kuki fayllarining 3 ta turi keltirilgan:
O‘ta zarur kukilar. Ular saytimizda muayyan funksiyalardan foydalanish, masalan, saytga kirish yoki blanklarni to‘ldirish imkonini yaratadi. Bunday kuki fayllari bo‘lmasa, siz so‘ragan ba’zi xizmatlar ko‘rsatilmaydi, misol uchun, xayr-ehson qilishning iloji bo‘lmaydi. Qolaversa, bunday kuki fayllari seans davomida siz so‘ragan xizmatlarni taqdim etishimizga imkon beradi. Mazkur kuki fayllari reklama qilish yoki Internetdan qanday foydalanayotganingizni kuzatish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘maydi.
Funksional kukilar. Ular tufayli sayt siz tanlagan sozlamalarni (masalan, foydalanuvchining ismini, tilni, joylashuvingizni) eslab qolish va saytdan foydalanishni yengillashtiruvchi keng funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Analitik kukilar. Ushbu kukilar saytdan qanday foydalanganingiz haqidagi ma’lumotni yig‘ish uchun kerak. Misol uchun, saytimizga necha bor kirganingiz yoki o‘rtacha qancha vaqt undan foydalanganingiz haqidagi ma’lumot to‘planadi. Bu ma’lumot saytning faoliyatini yaxshilash uchungina ishlatiladi.
Ba’zi kukilar chetdan bo‘lib, boshqa domenlarga tegishli. Biz faqatgina o‘zimizning kukilardan foydalanimz. Google reSAPTSHA bilan bog‘liq kukilar bundan istisno. Google reSAPTSHA kukilaridan haqiqiy foydalanuvchini spam tarqatuvchi robotlardan farqlash maqsadida foydalaniladi. Google brauzerining maxfiylik siyosati bilan quyidagi manzilga kirib, tanishib chiqishingiz mumkin:
https://www.google.som/intl/en/polisies/privasy/.
Veb-mayoqlar. Saytimiz sahifalarida veb-mayoqlar nomli kichik fayllar bo‘lib, ba’zi harakatlaringiz, misol uchun, muayyan sahifalarga necha marotaba kirganingiz tarixini yig‘adi. Veb-mayoqlar mazkur sayt qanday ishlayotganini kuzatish va uning faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
IP-manzillardan foydalanish. IP-manzil — bu kompyuteringizni Internetda aniqlaydigan raqamli kod. Foydalanuvchilarning harakatlarini tahlil qilish, saytimizdagi muammolarni yuzaga chiqarish va xizmatimizning sifatini yaxshilash uchun brauzerlar turini aniqlash maqsadida IP-manzillarni ishlatamiz.
Tanlovingiz. Aksariyat brauzerlar kukilarni o‘chirib qo‘yish imkonini beradi yoki ularni moslamangizda saqlashdan oldin ruxsat so‘raydi. Kukilarni saqlashni bilish uchun brauzeringiz yo‘l-yo‘riqlariga qarang. Shuni unutmangki, kukilar o‘chirilgan bo‘lsa, saytimizdan to‘la ravishda foydalana olmaysiz.
Faol ssenariylar (JavaScript)
Bu ssenariylar saytning ishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bunday texnologiya yordamida sayt foydalanuvchilarining so‘rovi tezroq amalga oshiriladi. Sayt bu ssenariylardan foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotni ruxsatsiz yig‘ish yoki dasturlarni foydalanuvchining kompyuteriga joylashtirish maqsadida foydalanmaydi.
Saytning ba’zi qismlari to‘g‘ri ishlashi uchun brauzerning sozlamalarida JavaScript ssenariylarini yoqish kerak. Ko‘p veb-brauzerlar tomonidan ushbu funksiyani yoqish yoki o‘chirishga ruxsat beriladi. Tanlangan veb-saytlarda ssenariylarni yoqish borasida veb-brauzerlarga tegishli hujjatlarda o‘qisangiz bo‘ladi.
Huquqlaringiz
Ushbu saytdan bepul foydalanishingiz, jumladan har qanday adabiyotlarni, videolarni yoki audio dasturlarni yuklashingiz mumkin. Saytimizdan foydalanish uchun akkaunt yaratish, xayr-ehson qilish yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bo‘lishish talab etilmaydi. Lekin akkaunt yaratish, xayr-ehson qilish, Muqaddas Kitob tadqiqini so‘rash yoki saytimizdan boshqacha usulda foydalanishga qaror qilgan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotingizni taqdim etsangiz, mazkur maxfiylik siyosatidagi ma’lumot va kukilarning ishlatilishi bilan rozi ekaningizni bildirasiz. Roziligingiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan serverlarda saqlanadigan ma’lumotlarga ham tegishlidir. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotingiz «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» va turli mamlakatlardagi Yahova Shohidlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar tomonidan yig‘ilishi, qayta ishlanishi, yuborilishi va saqlanishiga ham taalluqli. Siz haqingizdagi ma’lumotlarni kim yig‘adi? Bu saytimizdan qanday foydalanishingizga bog‘liq. Masalan, muayyan mamlakatdagi qaysidir yuridik shaxsga xayr-ehson qilsangiz, ismingiz va siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumot xayr-ehson yuborilayotgan ushbu yuridik shaxsga taqdim etiladi. Yoki Muqaddas Kitob tadqiqini so‘rasangiz, so‘rovingizni amalga oshirish uchun ismingiz va siz bilan bog‘lanish uchun ma’lumot Yahova Shohidlarining filialiga taqdim etiladi.
Akkaunt yaratayotganda, xayr-ehson qilayotganda yoki boshqa bir vaziyatda so‘ralgan ma’lumotni taqdim eta olmasangiz, so‘rovingizni amalga oshira olmaymiz.
Agar maxfiylik siyosatiga o‘zgarishlar kiritilsa, ular ushbu sahifada taqdim etiladi. Shunday qilib, qanday ma’lumotlarni yig‘ayotganimiz va ularni qanday ishlatayotganimiz borasida hamisha xabardor bo‘lib turasiz.
Mamlakatingizdagi qonunlarga asoslanib, shaxsiy ma’lumotlar borasida qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu huquqlar saytimiz orqali taqdim etgan ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularni o‘zgartirish yoki o‘chirishga tegishli bo‘lishi mumkin. Agar bu sizning mamlakatingizga tegishli bo‘lsa, bu haqida shu yerda o‘qishingiz mumkin. Bordi-yu, shaxsiy ma’lumotlaringiz haqidagi savollar xayr-ehson bilan bog‘liq bo‘lsa, iltimos, xayr-ehsoningizni olayotgan shaxs bilan bog‘laning. U haqidagi ma’lumot xayr-ehsonni rasmiylashtirayotganda chiqqan va kvitansiyada qayd etilgan.