Ma’lumotlarni himoyalash siyosati
Yahova Shohidlarining tashkiloti insonning Muqaddas Kitob prinsiplariga asoslangan shaxsiy huquqlarini hurmat qiladi. Tashkilotimiz ochiq va rostgo‘y muloqot bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Chunki shunday muloqot paytida shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin. Bu Yahova Shohidlarining manfaati olg‘a surilishiga va tashkilotning diniy faoliyati jamiyatga foyda keltirishiga hissa qo‘shadi. Shuning uchun, maxfiylikni saqlash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash zarurati paydo bo‘lyapti. (Hikmatlar 15:22; 25:9) Maxfiylikni saqlash o‘ta muhimdir. (Hikmatlar 20:19)
Turli mamlakatlarda shaxsiy hayotning daxlsizligini ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonun tarafidan talab qilinadi. Qonun hali buni talab qilmasidan avval, Yahova Shohidlarining tashkiloti bunga amal qilgan va ma’lumotlarni himoya qilishda kerakli choralarni ko‘rishni davom ettiradi.
Qaerda amal qilinadi
Mazkur siyosatga Yahova Shohidlarining tashkiloti ichida amal qilinadi va bu barcha mamlakatlardagi filiallarga ham tegishli.
Ma’lumotlarni himoyalash
Yahova Shohidlarining tashkiloti quyidagi prinsiplarga amal qilgan holda shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydi:
Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri va qonuniy tarzda qayta ishlanadi.
Tashkilotning diniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va jamiyat foydasi uchun zarur bo‘lgandagina shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilishi, qayta ishlanishi va ishlatilishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar rost va zarur bo‘lganida yangilanadi. Agar tashkilot taqdim etilgan ma’lumotda biron xato borligini bilsa, uni yaqin orada tuzatadi.
Shaxsiy ma’lumotlar tashkilotning qonuniy maqsadlari uchun kerak bo‘lguniga qadar saqlanadi.
Ma’lumot kimga tegishli bo‘lsa, ularning huquqlari hurmat qilinadi.
Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan yoki noqonuniy tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy choralar ko‘rilgan. Shaxsiy elektron ma’lumotlarga faqat parol bilan himoyalangan kompyuterlar orqali kirish mumkin. Ular ish vaqtidan tashqarida yopiladigan va boshqalar kira olmaydigan ofislarda joylashgan.
Shaxsiy ma’lumotlar boshqa filiallarga berilmaydi. Faqatgina jamiyat foydasi uchun tashkilotning diniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan vaziyatlar bundan istisno. Shu bilan birga Yahovaning Shohidlari o‘z xohishlariga binoan bu tashkilot a’zosi bo‘lgani inobatga olinadi.
Ma’lumot egasining huquqlari
Yahova Shohidlarining maxfiylik siyosatiga ko‘ra, shaxsiy ma’lumot egasi ma’lumotlarni himoyalash, o‘zgartirish va o‘chirish huquqiga ega.
Ushbu bo‘limda keltirilgan ma’lumotga kirmoqchi bo‘lgan kishi to‘la ravishda o‘z shaxsini tasdiqlashi kerak.
Agar kimdir o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirishni yoki o‘zi haqidagi qandaydir ma’lumotni o‘zgartirish yo o‘chirishni so‘rasa, tashkilot uning so‘rovini ko‘rib chiqadi. Tashkilot bunda o‘z manfaatlarini va uning qonuniy huquqlarini e’tiborga oladi. Shunda shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash tufayli tashkilotdagi tinchlik buzilmaydi va boshqa biron-bir zarar yetkazilmaydi.
Tashkilotimiz Yahova Shohidlarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi. Bunday ma’lumotni o‘chirib tashlash tashkilotning faoliyatiga va e’tiqodlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Apellyasiyaga berish huquqi
Ma’lumot egasi uning huquqlari buzilgan, deb hisoblasa, Filial qo‘mitasiga xat yozib murojaat qilishi mumkin. Xat bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin 2 hafta davomida yuborilishi kerak. Bu apellyasiyaga berishga asos yaratadi.