Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Nega kechirim so‘rash kerak?

Nega kechirim so‘rash kerak?

 Quyidagi vaziyatlarda nima qilgan bo‘lardim?

  1.   Yomon xulq-atvoringiz uchun ustozingizdan gap eshitdingiz.

     Hatto sizga nohaq bo‘lib tuyulsa ham, undan kechirim so‘rash kerakmi?

  2.   Dugonangiz unga qattiq gapirganingizni aytdi.

     Hatto aytganingizni to‘g‘ri deb hisoblayotgan bo‘lsangiz ham, undan kechirim so‘rash kerakmi?

  3.   Otangiz achchig‘ingizni chiqardi va siz unga qo‘pol gapirdingiz.

     Hatto, sizningcha, u buni ataylab qilgan bo‘lsa ham, undan kechirim so‘rash kerakmi?

 Ushbu uchta savolning to‘g‘ri javobi — «ha». Lekin nega hatto o‘zingizni uncha aybdor, deb his qilmayotgan bo‘lsangiz ham kechirim so‘rash kerak?

 Nega kechirim so‘rash lozim?

  •   Bu yetuklik belgisi. Noto‘g‘ri so‘z va noto‘g‘ri ish qilganingizni bo‘yningizga olib kechirim so‘rash bilan, ulg‘ayganingizda kerak bo‘ladigan fazilatlarni rivojlantirayotganingizni ko‘rsatasiz.

     «Kechirim so‘rash va keyin sizga aytilgan so‘zlarni tinglash uchun kamtarlik va sabr talab etiladi». (Reychel)

  •   Tinch munosabatlarni saqlab qolishga ko‘maklashadi. «Meni kechiring»,— degan so‘zlarni odatda o‘zini haq deb bilgan va aybdorlarni izlaydigan odamlar emas, yaxshi munosabatlar muhimroq bo‘lgan insonlar aytadi.

     «Balki, o‘zingizni haq deb bilarsiz, ammo tinchlikni saqlab qolish afzalroq. “Kechiring”,— deb aytiladigan oddiy so‘z bilan do‘stlikni saqlab qolasiz». (Miriam)

  •   O‘zingizni yengil tortasiz. Kimnidir ranjitib qo‘ygach, rosa bezovtalanasiz. Biroq kechirim so‘raganingizdan so‘ng, yelkangizdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ladi a.

     «Rostini aytsam, ba’zida ota-onamga gap qaytarardim. Bunday vaziyatlarda kechirim so‘rash qiyin bo‘lardi. Lekin axiyri kechirim so‘raganimda, oilamizda yana tinchlik hukm surayotganidan o‘zimni yaxshi his qila boshlardi». (Nia)

    Aybdorlik hissi og‘ir yuk. Kechirim so‘rashingiz bilanoq, yelkangizdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ladi!

 Kechirim so‘rash qiyinmi? Ha! Dena ismli qiz onasiga qo‘pol gapirib qo‘ygani uchun tez-tez kechirim so‘rab turadi. U shunday dedi: «“Kechiring”, deb aytish rosa qiyin. Tomog‘imda bir narsa tiqilib qolganday bo‘ladi, og‘zimdan bir so‘z ham chiqmay qoladi».

 Qay yo‘sin kechirim so‘rash kerak?

  •   Imkon bo‘lsa, shaxsan kechirim so‘rang. Bunday qilib bo‘lib o‘tganlardan chindan ham pushaymon ekaningizni ko‘rsatasiz. Yozilgan kechirim so‘zlari soxta yoki qalbaki bo‘lib tuyulishi mumkin. Hatto ma’yus yuzchalarni qo‘shib qo‘yish ham yordam bermaydi.

     Maslahat. Agar odam bilan shaxsan ko‘rishishga imkon bo‘lmasa, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki otkritka yozib yuboring. Nima bo‘lsa ham, aytadigan so‘zlaringizni yaxshilab tanlang.

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Odil o‘ylab javob beradi». (Hikmatlar 15:28)

  •   Buni cho‘zmang. Masalani qancha ko‘p hal qilmasangiz, xafagarchilik va tarang vaziyat kuchayadi.

     Maslahat. Aniq maqsad qo‘ying, masalan, bugunning o‘zida kechirim so‘rang. Qaysi vaqt ko‘proq mos kelishini aniqlang va olg‘a!

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Masalani hal qilishga shoshiling». (Matto 5:25)

  •   Samimiy bo‘ling. «Xafa bo‘lganingizdan afsusdaman»,— deb aytish kechirim so‘rashga kirmaydi! Janel ismli bir qiz shunday dedi: «Odatda, siz ranjitgan inson o‘z aybingizni butunlayin tan olganingizda, jahlidan tushadi».

     Maslahat. Shart qo‘ymang. «Mendan kechirim so‘rasa, men ham shunday qilaman»,— deb o‘ylamang.

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Kelinglar, tinchlik keltiradigan... narsalar payida bo‘laylik». (Rimliklarga 14:19)

a Birovning narsasini yo‘qotib yoki buzib qo‘ygan bo‘lsangiz, kechirim so‘rashdan tashqari, keltirilgan zararni qoplab berish ham yaxshi bo‘lardi.