Asosiy materiallarga o‘tish

Avliyolarga ibodat qilishim kerakmi?

Avliyolarga ibodat qilishim kerakmi?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Yo‘q. Muqaddas Kitobga ko‘ra, biz Iso nomidan faqatgina Xudoga ibodat qilishimiz lozim. Iso shogirdlariga quyidagicha degan: «Sizlar esa shunday ibodat qilinglar: “Osmondagi Otamiz, isming muqaddas bo‘lsin”». (Matto 6:9) U hech qachon shogirdlarini avliyolarga, farishtalarga yoki Xudodan tashqari boshqa shaxsga ibodat qiling, deb o‘rgatmagan.

 Iso izdoshlariga: «Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga kela olmaydi», deb aytgan. (Yuhanno 14:6) Darhaqiqat, faqatgina Iso biz uchun vositachilik qila oladi. Unga bu vakolatni Xudo bergan. (Ibroniylarga 7:25)

Ham Xudoga, ham avliyolarga ibodat qilsam-chi?

 O‘nta amrning birida Xudo: «Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman», deb aytgan. (Chiqish 20:5, O‘zbekiston Bibliya Jamiyati) «Muqaddas Kitob Yangi dunyo tarjimasi»ga ko‘ra, bu Xudo mutlaq sadoqatni talab qilishga haqli ekanini anglatadi. Xudo faqatgina Unga sadoqatni ko‘rsatishimizni va topinishimizni, jumladan, ibodatda Unga murojaat qilishimizni talab qiladi. (Ishayo 48:11)

 Xudodan boshqa shaxsga, hatto avliyo yoki muqaddas farishtalarga ibodat qilsak, Uni ranjitamiz. Masalan, havoriy Yuhanno farishtaga sajda qilmoqchi bo‘lib turganda, farishta unga shunday degan: «Bunday qilma! Men Iso haqida shahodat berish ishini bajarayotgan birodarlaringga va senga o‘xshagan bir qulman. Xudoga sajda qil». (Vahiy 19:10)