Asosiy materiallarga o‘tish

Masihga oid bashoratlar Isoda amalga oshganmi?

Masihga oid bashoratlar Isoda amalga oshganmi?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Ha, Iso yer yuzida bo‘lganida «Yo‘lboshchi bo‘lmish Masih», ya’ni «dunyo qutqaruvchisi» bo‘ladigan kishi haqidagi ko‘plab bashoratlar unda amalga oshgan. (Doniyor 9:25; 1 Yuhanno 4:14) Hatto Iso o‘lganidan keyin ham Masihga oid bashoratlar unda amalga oshishda davom etgan. (Zabur 110:1; Havoriylar 2:34–36)

 «Masih» so‘zi nimani anglatadi?

 Ibroniycha «mashiax», yunoncha «xristos» so‘zlari «moylangan» degani. Demak, Iso Masih iborasi Iso «moylanganini» anglatadi.

 Muqaddas Kitob yozilgan vaqtlarda insonga o‘zgacha vakolat berilganda uni moylashgan, ya’ni boshiga moy quyishgan. (Levilar 8:12; 1 Shohlar 16:13) Alloh Isoni Masih qilib tayinlab, unga katta hokimiyat ato etgan. (Havoriylar 2:36) Biroq Xudo Isoni moy bilan emas, muqaddas ruh bilan moylagan. (Matto 3:16)

 Masihga oid bashoratlar boshqa kishilarda ham amalga oshgan bo‘lishi mumkinmi?

 Yo‘q. Barmoq izlari faqat bitta insonga tegishli bo‘lganidek, Muqaddas Kitobdagi bashoratlar ham birgina Masihga ishora qiladi. Muqaddas Kitobda shunday ogohlantiruvchi so‘zlar bor: «Ko‘pgina soxta Masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa hatto tanlanganlarni ham yo‘ldan ozdirish niyatida buyuk alomatlar-u mo‘jizalar ko‘rsatishadi». (Matto 24:24)

 Masih hali kelmagan degan da’vo to‘g‘rimi?

 Yo‘q. Muqaddas Kitobda Masih Isroil shohi Dovudning zurriyotidan kelib chiqishi bashorat qilingan edi. (Zabur 89:3, 4) Lekin milodiy 70-yili rimliklar Quddusni bosib olganida yahudiylarning Dovudgacha bo‘lgan nasabnomasi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin a. O‘sha vaqtdan buyon hech kim o‘zining shoh Dovud naslidan kelib chiqqanini isbotlay olmaydi. Isoning davrida esa bu nasabnomalar hali bor edi. Shu sababli hatto dushmanlari ham Isoning Dovud zurriyotidan kelib chiqqanini inkor eta olishmagan. (Matto 22:41–46)

 Muqaddas Kitobda Masihga oid qancha bashorat bor?

 Muqaddas Kitobdagi Masihga oid bashoratlarning sonini aniqlash imkonsiz. Hatto qaysidir parcha Masihga oid ekani aniq bo‘lib ko‘rinsa-da, bu parchada qancha bashorat borligi to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, Ishayo 53:2–7 oyatlarida Masihga tegishli bashoratning bir nechta tafsiloti yozilgan. Ayrimlar butun bu parchani bitta bashorat deb hisoblasa, boshqalar undagi har bir tafsilotni alohida bashorat deb bilishi mumkin.

 Isoda amalga oshgan Masihga oid ayrim bashoratlar

Bashorat

Yozilgan oyat

Amalga oshishi

Ibrohimning zurriyoti

Ibtido 22:17, 18

Matto 1:1

Ibrohimning o‘g‘li Is’hoqning zurriyoti

Ibtido 17:19

Matto 1:2

Yahudo qabilasidan kelib chiqadi

Ibtido 49:10

Matto 1:1, 3

Shoh Dovudning naslidan kelib chiqadi

Ishayo 9:7

Matto 1:1

Bokira qizdan tug‘iladi

Ishayo 7:14

Matto 1:18, 22, 23

Baytlahmda tug‘iladi

Mixo 5:2

Matto 2:1, 5, 6

Ismini Immanuil qo‘yishadi b

Ishayo 7:14

Matto 1:21–23

Hayoti kamtarin sharoitda boshlanadi

Ishayo 53:2

Luqo 2:7

Tug‘ilganidan keyin bolalar o‘ldiriladi

Yeremiyo 31:15

Matto 2:16–18

Misrdan chaqirib olinadi

Ho‘sheya 11:1

Matto 2:13–15

U nosiralik deb atalgay c

Ishayo 11:1

Matto 2:23

Undan avval xabarchi yuboriladi

Malaki 3:1

Matto 11:7–10

Milodiy 29-yilda u Masih bo‘ladi d

Doniyor 9:25

Matto 3:13–17

Xudo uni O‘g‘lim deb ataydi

Zabur 2:7

Havoriylar 13:33, 34

Xudoning uyiga bo‘lgan rashkini ko‘rsatadi

Zabur 69:9

Yuhanno 2:13–17

Xushxabarni e’lon qiladi

Ishayo 61:1

Luqo 4:16–21

Jaliladagi xizmati ulug‘ bir nur misoli bo‘ladi

Ishayo 9:1, 2

Matto 4:13–16

Muso kabi mo‘jizalar yaratadi

Qonunlar 18:15

Havoriylar 2:22

Muso kabi Xudoning so‘zlarini yetkazadi

Qonunlar 18:18, 19

Yuhanno 12:49

Kasallarni davolaydi

Ishayo 53:4

Matto 8:16, 17

O‘ziga e’tibor qaratmaydi

Ishayo 42:2

Matto 12:17, 19

U ezilganlarga mehr-shafqat ko‘rsatadi

Ishayo 42:3

Matto 12:9–20; Mark 6:34

Xudoning adolatini o‘zida aks ettiradi

Ishayo 42:1, 4

Matto 12:17–20

Dono maslahatchi

Ishayo 9:6, 7

Yuhanno 6:68

Yahovaning ismini e’lon qiladi

Zabur 22:22

Yuhanno 17:6

Masallar keltirib gapiradi

Zabur 78:2

Matto 13:34, 35

Yo‘lboshchi

Doniyor 9:25

Matto 23:10

Ko‘pchilik unga ishonmaydi

Ishayo 53:1

Yuhanno 12:37, 38

Boshqalar uchun qoqilib ketadigan tosh bo‘ladi

Ishayo 8:14, 15

Matto 21:42–44

Odamlar tomonidan rad etiladi

Zabur 118:22, 23

Havoriylar 4:10, 11

Undan besabab nafratlanishadi

Zabur 69:4

Yuhanno 15:24, 25

Xo‘tikda Quddusga tantanavor ravishda kirib keladi

Zakariyo 9:9

Matto 21:4–9

Bolalar unga madhlar aytadi

Zabur 8:2

Matto 21:15, 16

Yahovaning nomidan keladi

Zabur 118:26

Yuhanno 12:12, 13

Yaqin do‘sti unga xiyonat qiladi

Zabur 41:9

Yuhanno 13:18

O‘ttiz kumush tangaga sotiladi e

Zakariyo 11: 12, 13

Matto 26:14–16, 27:3–10

Do‘stlari uni tashlab ketishadi

Zakariyo 13:7

Matto 26:31, 56

Soxta guvohlar unga qarshi ko‘rsatma berishadi

Zabur 35:11

Matto 26:59–61

Ayblovchilariga javob qaytarmaydi

Ishayo 53:7

Matto 27:12–14

Uning yuziga tupurishadi

Ishayo 50:6

Matto 26:67, 27:27, 30

Uning boshiga urishadi

Mixo 5:1

Mark 15:19

Uni qamchilashadi

Ishayo 50:6

Yuhanno 19:1

Uni urishganda qarshilik ko‘rsatmaydi

Ishayo 50:6

Yuhanno 18:22, 23

Amaldorlar birlashib unga qarshi chiqadi

Zabur 2:2

Luqo 23:10–12

Qo‘l-oyoqlariga mix qoqib, ustunga osishadi

Zabur 22:16

Matto 27:35; Yuhanno 20:25

Kiyimlari uchun qur’a tashlanadi

Zabur 22:18

Yuhanno 19:23, 24

Gunohkorlar qatorida sanaladi

Ishayo 53:12

Matto 27:38

Uni mazax qilib, haqoratlashadi

Zabur 22:7, 8

Matto 27:39–43

Gunohkorlar uchun azob chekadi

Ishayo 53:5, 6

1 Butrus 2:23–25

Xudo uni tashlab qo‘yganday ko‘rinadi

Zabur 22:1

Mark 15:34

Unga sirka va achchiq narsa ichirmoqchi bo‘lishadi

Zabur 69:21

Matto 27:34

O‘lishidan oldin chanqaydi

Zabur 22:15

Yuhanno 19:28, 29

Hayotini Xudoga ishonib topshiradi

Zabur 31:5

Luqo 23:46

Jonini fido qiladi

Ishayo 53:12

Mark 15:37

Gunohni bartaraf etish uchun to‘lov beradi

Ishayo 53:12

Matto 20:28

Suyaklari sindirilmaydi

Zabur 34:20

Yuhanno 19:31–33, 36

Badani teshiladi

Zakariyo 12:10

Yuhanno 19:33–35, 37

Boylar bilan birga qabrga qo‘yiladi

Ishayo 53:9

Matto 27:57–60

Tiriladi

Zabur 16:10

Havoriylar 2:29–31

Unga xiyonat qilganning o‘rnini boshqasi egallaydi

Zabur 109:8

Havoriylar 1:15–20

Xudoning o‘ng tomonida o‘tiradi

Zabur 110:1

Havoriylar 2:34–36

a Bir ensiklopediyada shunday deyilgan: «Yahudiylarning qabila va oila nasabnomalari Quddus vayron qilinganida yo‘q qilingani shubhasiz. Undan oldin bo‘lishi mumkin emas». («McClintock and Strong’s Cyclopedia»)

b Ibroniycha Immanuil ismi «Alloh biz bilan» degan ma’noga ega bo‘lib, Isoning Masih sifatidagi vazifasini yaxshi ifodalaydi. Isoning yer yuzidagi hayoti va insonlar uchun qilgan ezgu ishlari Alloh O‘z xizmatchilari bilan ekanini tasdiqlardi. (Luqo 2:27–32, 7:12–16)

c «Nosiralik» so‘zi «nihol» deb o‘girilgan ibroniycha «netsyer» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

d Masihning kelish yili sifatida milodiy 29-yilga ishora qilayotgan Muqaddas Kitob xronologiyasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Doniyor payg‘ambarning «Masih kelishi haqidagi bashorati» nomli maqolaga qarang.

e Bu bashorat Zakariyo kitobida yozilgan, lekin Matto bashorat «Yeremiyo payg‘ambar orqali aytilgan» degan. (Matto 27:9) Aftidan Muqaddas Yozuvlarda Yeremiyo kitobi tartib bo‘yicha «payg‘ambarlar kitoblari» orasida birinchi turgan. (Luqo 24:44) Matto «Yeremiyo payg‘ambar» orqali deganda Zakariyo kitobini ham o‘z ichiga oluvchi payg‘ambarlar kitoblari to‘plamini nazarda tutganga o‘xshaydi.