Minglab insonlar o‘qishni va yozishni o‘rganishmoqda
2011-yilda Yahova Shohidlarining yordami tufayli 5 700 kishi yozishni va o‘qishni o‘rganishdi.
Gana:
Oxirgi 25-yil ichida, biz 9 000 dan ko‘proq insonlarga o‘qishni va yozishni o‘rganishga ko‘maklashdik.
Zambiya:
2002-yildan boshlab, taxminan 12 000 kishi o‘qish-yozish qobiliyatini rivojlantirdi. 82 yashar Agnes ismli opamiz shunday deb bo‘lishdi: «Jamoatimizda, o‘qib-yozish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishlari haqida e’lon qilinganda, xursand bo‘lib yozilib oldim. Ilk mashg‘ulotdayoq o‘z ismimni yozishga o‘rgandim!
»
Peru:
55 yoshli bir ayol esa: «Ota-onam meni maktabda o‘qitmagani uchun, o‘qishni va yozishni sira ham o‘rgana olmayman degan fikrda edim
»,— deb aytdi.
Mozambik:
So‘nggi 15-yil davomida 19 000 dan ziyod odamlar o‘qishni o‘rganishdi. Felizarda ismli ayol quyidagilarni aytdi: «Endi Muqaddas Kitobdan oyatlarni topib, boshqalarga o‘qib berayotganimdan rosa baxtiyorman. Ilgari, bunday qilish men uchun juda qiyin edi
».
Solomon orollari:
Filialimizdan shunday ma’lumot keldi: «O‘tmishda, olis hududlarda yashaydigan ko‘p odamlarda maktabga borish imkoni bo‘lmagan. Shuningdek, faqatgina bir nechta qiz maktabda o‘qirdi. Shu bois, savod chiqarish uchun mashg‘ulotlar yoshi ulug‘ anchagina kishilarga yordam berdi. Bu mashg‘ulotlar, aksariyat insonlarga o‘zida ko‘proq ishonch hosil qilishlariga hissa qo‘shdi
».