«Hikoyalar» kitobi maktab o‘quvchilariga juda qo‘l keldi
2012-yili pangasinan tilida chop etilgan «Muqaddas Kitob hikoyalari» kitobi, Filippinda yashovchi maktab bolalari uchun foydali qo‘llanma bo‘ldi. Filippin Respublikasi Ta’lim Vazirligi boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga ona tilida ta’lim berish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi. Buni qarangki, mazkur kitob bunga juda qo‘l keldi.
Filippinda 100 oshiq tillarda gaplashishadi va yillar davomida qaysi tilda maktab o‘quvchilariga ta’lim berish bahsli masala bo‘lib qolgan. Ammo 2012-yilda Ta’lim Vazirligi «ona tilni qo‘llash, o‘quvchilar ma’lumotni yaxshiroq va tezroq o‘zlashtirib olishiga» hissa qo‘shishini tan oldi. Natijada «Ko‘p tilli ona tilida ta’lim berish» dasturini yo‘lga qo‘ydi.
Pangasinan tili esa mana shu tanlagan tillardan biri bo‘ldi. Biroq bir muammo yuzaga chiqdi. Bir maktab direktori, pangasinan tilida juda kam qo‘llanma mavjudligi haqida xabar berdi. Bu vaqtda esa 2012-yil noyabr oyida o‘tgan viloyat anjumanida Yahovaning Shohidlari tomonidan pangasinan tilida chop etilgan «Muqaddas Kitob hikoyalari» nomli adabiyot nashrdan chiqqani haqida e’lon qilindi.
Anjumanda bu kitobning taxminan 10 000 nusxasi tarqatildi. Bolalar va ularning ota-onasi, qo‘llarida yuraklariga yaqin tilda kitob borligidan behad xursand edilar. Bir juftlik shunday deb bo‘lishdi: «Bolalarimizga bu kitob juda yoqadi, chunki ular unda yozilganini to‘liq tushunishadi».
Anjuman tugaganidan so‘ng, Dagupan shahridagi ba’zi Yahovaning Shohidlari «Hikoyalar» kitobini o‘zlari bilan maktab olib borishdi. Bu yerlik maktab o‘qituvchilari pangasinan tilida bu kitobni ko‘rishganidan rosa suyunishgan, chunki bundan oldin ular bu tilda adabiyot topolmay qiynalishgan edi. Shunday qilib bu kitobdan 340 oshiq olib kelindi. O‘qituvchilar kitobni qo‘llariga olishlari bilan bolalarga o‘z ona tilida ta’lim berishda foydalanishni boshlashdi.
Yahovaning Shohidlari, jajji maktab o‘quvchilariga ta’lim berishda ushbu kitob juda qo‘l kelayotganidan benihoya baxtiyorlar. «Muqaddas Kitob hikoyalari» kitobini tarjima qilishga ko‘maklashgan bir tarjimon shunday dedi: «Bu adabiyotni kitobxonlarning ona tilida tarjima qilinishi qanchalik ko‘p foyda keltirganini, ayniqsa ularning yuragini zabt etganini ko‘rdik. Ana shu sababdan Yahovaning Shohidlari, Muqaddas Kitobni va unga asoslangan adabiyotlarni yuzlab tillarga tarjima qilishyapti».