Vengriyadagi Yahovaning Shohidlari to‘fon oldini olishga yordam berib maqtovga sazovor bo‘lishdi
2013-yilning iyun oyida qattiq jala quygani sababli Markaziy Yevropada suv toshqini bo‘lish ehtimoli kutilgan edi. Vengriyadagi Dunay daryosining suv sathi eng yuqori darajada ko‘tarildi. Bunaqasi hali tarixda bo‘lmagan edi.
Favqulodda hodisani e’tiborga olib, Vengriyaning Kadrlar tayyorlash vazirligi Yahova Shohidlarining Vengriyadagi filialdan to‘fon oldini olish uchun yordam so‘rashadi. Bunga javoban filial Dunay daryosi hududida joylashgan barcha jamoatlarni mahalliy hokimiyat tomonidan to‘fonning oldini olish uchun tashkillashtirilgan hasharda ishtirok etishga taklif qildi.
Jamoatlar ham bunga ajoyib tarzda javob qaytarishdi. Keyingi kuniyoq 72 ta jamoatdan 900 dan ortiq Shohidlar dengiz sohilini mustahkamlash ishlarida o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ulardan o‘z ism-shariflari, shaharlarining nomi hamda «Yahovaning Shohidlari» deb yozilgan beyjikni taqib yurishni so‘rashdi.
Bitta shahardagi Vengriya Qizil Xoch jamiyatining mahalliy vakili Yahova Shohidlarining jamoatiga quyidagi xatni yozib yubordi: «Sizlarning bunaqangi birlikda va har doim yordamga tayyor ekaningizni ko‘rib bag‘oyatda minnatdor bo‘ldik. Uzoq yo‘l bosib kelganingizni aytmasa ham bo‘ladi! Shahrimizda sizlarning ajoyib o‘rnagingiz haqida aytib berishdan faxrlanaman».
Tabiiy ofatlar paytida yordam beradigan tashkilotning rahbari hamda Vengriya parlamentining a’zosi filial qo‘mitasiga Shohidlar qo‘llab-quvvatlagani uchun maktub yozib minnatdorlik izhor etdi.