Yahovaning Shohidlari muhojirlarga ko‘maklashgani uchun mukofotlanishdi
Avstraliyada to‘qqizta Yahovaning Shohidi, bu mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar markazidagi odamlarga ko‘rsatilgan «bebaho yordami» uchun tashakkurnoma bilan mukofotlanishdi. Kyortin nomidagi ushbu markaz Derbiga (G‘arbiy Avstraliya) yaqin joylashgan *.
Yahovaning Shohidlari har hafta muhojirlarni yoqlab borib, ularni tinglashadi va Muqaddas Kitobdagi tasalli hamda umid baxsh etuvchi xabarni aytishadi. Bu markazda, din va ma’rifat bo‘yicha tashkilotlar bilan bog‘lanib ishlaydigan Kristofer Riddok shunday dedi: «Bunday tashriflarning foydasi darrov his qilinadi». Qolaversa u, shu kabi uchrashuvlardan so‘ng muhojirlarning kayfiyati yaxshilanib, ancha xursand bo‘lishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ular o‘ziga nisbatan samimiy g‘amxo‘rlikni sezishganda», rosa dalda olisharkan.
Kristofer Riddokning aytishicha, Yahovaning Shohidlariga berilgan tashakkurnoma — «shu kishilarga hayotlarini yaxshilashga qaratilgan» urinishlari uchun minnatdorlikni izhor etishga xizmat qilgan oz bo‘lsa ham oddiy bir harakat, xolos. Shuningdek u, Yahovaning Shohidlari «oilasi, jamoati va imoni tufayli» rahmdil insonlar ekanini ta’kidlab o‘tdi.
^ 2- x.b. Markaz 1 500 kishi uchun mo‘ljallangan.