Asosiy materiallarga o‘tish

«Qoya»da o‘tkazilgan ochiq eshiklar kuni

«Qoya»da o‘tkazilgan ochiq eshiklar kuni

Butun dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining 15 ta chop etish filiallari faoliyat yuritadi. Ulardan biri — Germaniyaning Zelters shahridagi Markaziy Yevropa filialidir. Mazkur filial, Shteynfels nomli hududda joylashgan bo‘lib, nemischada «Tosh qoya» degan ma’noni anglatadi.

2014-yil 23–25 may kunlari Markaziy Yevropa filiali, o‘sha atrofda yashovchi insonlar, tadbirkorlar va mahalliy mansabdorlarni ochiq eshiklar kuniga taklif etdi. 1984-yil 21-aprel kuni ushbu filialning tantanali va rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilgan edi. Shuning munosabati bilan ochiq eshiklar kuni «Zeltersdagi 30-yil» deb nomlandi.

Ochiq eshiklar kuni 3 000 dan ziyod mehmonlar binolarni ko‘zdan kechirdi. Qariyb 30-yildan buyon, mahalliy hokimiyatda ishlayotgan shahar hokimi quyidagi so‘zlarni aytdi: «Yahova Shohidlarining filialiga tashrif buyurish, men uchun doimo o‘zgacha bir kundir». Gapini davom ettirib: «Shteynfelsdagi filial qisqa vaqt, ya’ni 1979–1984-yil ichida qurib bitkazilganiga hali-hanuz qoyil qolaman»,— deb aytdi.

Ochiq eshiklar kunining qiziqarli qismlari

Ko‘rgazmaning birinchi qismi — «Markaziy Yevropadagi Yahovaning xalqi», deb nomlanardi. Mehmonlar ushbu hududda yashovchi Yahova Shohidlarining 120-yillik tarixi bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Mazkur tarixiy ko‘rgazma bugungi kungacha yodgorlik sifatida filialda saqlanib kelmoqda.

Ko‘rgazmaning ikkkinchi qismida esa Muqaddas Kitobning noyob va taniqli nusxalari namoyish qilindi. Masalan, ular ichida 153-yilda ilk bor to‘liq nashr etilgan nemischa Muqaddas Kitob hamda Elias Xatter qalamiga mansub Poliglot Muqaddas Kitobining qismi ham bor edi. Ushbu kitob 1599-yilda nashr etilgan bo‘lib, 12 tildagi tarjimani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Muqaddas Kitob prinsiplarining bugungi kunda ham amaliy ekaniga urg‘u beruvchi ko‘rgazmalar, jadvallar hamda videolar ko‘rsatildi.

Ikki xil turdagi ekskursiyadan mehmonlar filialda yashovchi mingdan oshiq erkak va ayollarning kun tartibi bilan yaqindan tanishishdi. Birinchi ekskursiyaning nomi «Bizning hayotimiz» bo‘lib, mehmonlar ba’zi baytilchilarning xonasini tomosha qilishdi. Shuningdek, ular oshxonada tamaddi qilishdi hamda bino ichidagi botanika bog‘ida sayr qilishdi. «Atrofdagi manzara juda go‘zal edi»,— deb bo‘lishdi bir mehmon.

Ikkinchi ekskursiya «Chop etish» deya nomlanib, chop etish, muqovalash hamda jo‘natish bo‘limlari haqida aytib berildi. Mehmonlar Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlar qanday chop etilishi va muqovalanishi hamda 50 dan ziyod mamlakatlarga jo‘natilishini o‘z ko‘zlari bilan tomosha qilishdi. Bir kishi shunday deb bo‘lishdi: «Yahovaning Shohidlari umumjahon tashkilot ekanini hech tasavvur qila olmasdim. Ularning adabiyotlari yerning turli burchagigacha yetib borgan. Bu ishlarning bari, ko‘ngilli xizmatchilar yordamida qilinishi esa mo‘jizadir».

Mehmonlar jw.org sayti haqida bilib olishdi

Ushbu tadbirning yana bir diqqatga sazovor tomoni — Yahova Shohidlarining jw.org rasmiy veb-saytining afzalliklarini ko‘rsatuvchi stenddir. Ko‘rgazma va videolarni ko‘rgan yosh-u qarilarning bari o‘zlarining ko‘pgina savollariga javob olishdi.

Tashrif buyurganlarning ko‘pchiligi Yahova Shohidlarining dunyo bo‘ylab qilayotgan ishlariga yangicha nuqtai nazar bilan qarab, qilinayotgan ishlarga qoyil qolishdi va ekskursiyadan mamnun bo‘lib qaytishdi. Bir kishi: «Men Shohidlar haqida noto‘g‘ri fikrda ekanman. Nuqtai nazarimni o‘zgartirishim kerak ekan»,— deb aytdi. Bir ayol esa: «Bugungi kun chindan ham noto‘g‘ri tasavvurlarni yo‘qqa chiqazdi»,— deya ko‘p marotaba ta’kidladi.

^ 17- x.b. 2014-yilgi sonlar

^ 21- x.b. 2014-yilgi sonlar

^ 24- x.b. 2014-yilgi sonlar