Asosiy materiallarga o‘tish

Millionlab insonlarni to‘ydirayotgan ferma

Millionlab insonlarni to‘ydirayotgan ferma

Qirq yil avval, 1973-yili fevral oyida Uolkillda (Nyu-York shtati, AQSH) «Qo‘riqchi minorasi» va «Uyg‘oning!» jurnallarini nashr etish maqsadida yangi bosma mashinalar o‘rnatilgan edi.

Bu voqeadan o‘n yil oldin, Yahovaning Shohidlari Bruklindagi (Nyu-York) Xalqaro idora markazida xizmat qiladigan odamlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish niyatida qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish uchun u joyda bir parcha yer sotib olishdi. So‘ng esa, u yerda shuningdek, ma’naviy ozuqani ham tayyorlash qaroriga kelishdi (Matto 24:45–47).

Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining fermalari (Uolkill, Nyu-York shtati). 1970-yillarning boshi

O‘shanda bosmaxonaning noziri bo‘lgan Filip Uilkoks Uolkillda bosma mashinalar ishga tushgan kunni yodga olib, quyidagicha bo‘lishdi: «Yuqori tezlikda ishlaydigan rotasion bosma mashinalarini yig‘ishga taxminan bir oy ketgan. Hammasi tayyor bo‘lganda, ishga tushdik. Keyinchalik bir necha ming jurnallar nashr etildi. Ularni Bruklinga bosmaxonaga, u yerdan esa buyurtmalar bo‘yicha jamoatlarga yubordik. Biron-bir jurnal yo‘qolib qolishini xohlamagandik».

Yahovaning Shohidlari bu bosmaxonani, o‘sha paytda Bruklindagi adabiyot ishlab chiqariladigan asosiy markaziga qo‘shimcha tariqasida qurishgan. 1970-yillarning boshida, Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotga bo‘lgan ehtiyoj, Bruklindagi bosmaxona kunduzi chop etishi mumkin bo‘lgan miqdoridan doimo oshib ketayotgani bois, kechki payt ham nashr etish qarori chiqarilgan.

Yuqorida: Uolkillda M.A.N. belgisi ostidagi ilk bosma mashinaning o‘rnatilishi. 1973-yil yanvar oyi. Pastda: M.A.N. belgisi ostidagi bosma mashinaga qog‘oz qo‘yilishi

Uolkilldagi birinchi bosmaxonada to‘rtta bosma mashinasi, adabiyotlar ombori va Yig‘ilish Zali bor edi. Lekin bosmaxona to‘la ravishda ishga tushishidan oldin, ushbu birinchi binoga tutashgan yana bir kattaroq bino qurila boshlandi. Adabiyotga bo‘lgan ehtiyoj shu qadar yuqori bo‘lganki, hatto ikkinchi bino hali qurilmagan bo‘lsa-da, u yerda qo‘shimcha oltita bosma mashinasi o‘rnatildi.

Yillar o‘tib, adabiyotlarni chop etish jarayoni rivojlangan, bu bilan birga Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarimizni ham nashr etish ehtiyoji o‘sgan. Shu sababli, Uolkilldagi bosmaxona bir necha marta qaytadan jihozlangan va kengaygan. 1980-yillarda eskirib qolgan bosma mashinalarning o‘rniga yuqori tezlikda ishlaydigan bosma mashinalari o‘rnatilgan.

2004-yilda Bruklindagi bosmaxona yopilgan edi va Uolkillda birinchi kitoblar nashr etiladigan bo‘ldi. 2010-yilda jurnallarning chop etilishi shimol tomonga, ya’ni Yahova Shohidlarining Kanadadagi filialiga ko‘chirildi. U yerdagi yangi bosma mashinasidan bir soatning ichida 200 000 ta jurnal chiqadi.

Yuqorida: Uolkillda muqova qilish ishi uchun signaturalarning tayyorlanishi. 2005-yil. Pastda: Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining fermalari (Uolkill, Nyu-York shtati). 2013-yil

Bugungi kunda Uolkilldagi bosmaxona, bu yuqori darajada avtomatlashtirilgan va so‘nggi ishlab chiqarilgan uskunalar bilan ta’minlangan. U yerda 281 ko‘ngilli ishchilar tayyorlik ila xizmat qilishmoqda. O‘tgan yili o‘sha bosmaxonada 17 milliondan ziyod kitob va Muqaddas Kitoblar chop etilgan. Uolkill va Kanadadagi bosmaxonalardan tashqari Yahova Shohidlarining yana 13 ta bosmaxonasi bor. Ular Avstraliyada, Afrikada, Yevropada masalan, Finlyandiyada va Janubiy Amerikada joylashgan bo‘lib, millionlab insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘maklashmoqda (Matto 5:3).