Grenlandiya televideniesida «Qo‘riqchi minorasi» haqida ijobiy fikr bildirildi
2013-yil yanvar oyida, «Qo‘riqchi minorasi» jurnali grenland tilida nashr etilayotganiga 40-yil bo‘ldi. Bu til, eskimos-aleut tillari oilasiga mansub. Unda bor-yo‘g‘i 57 000 kishi gapiradi.
Grenlandiyada taxminan 150 ta Yahovaning Shohidi yashaydi, biroq «Qo‘riqchi minorasi» jurnali 2 300 nusxada chop etiladi. Bu degani, grenland tilida «Napasuliak alapernaarsuffik» nomlanadigan bu jurnalning aksariyat o‘quvchilari Yahovaning Shohidlari emas.
Nuk shahrida joylashgan tarjimon bo‘limining noziri intervyuda shunday dedi: «Ko‘pgina grenlandlar Muqaddas Kitobga qiziqish ko‘rsatishadi, shuning uchun ham “Napasuliak alapernaarsuffik” jurnalini o‘qishadi».
Boshlovchi, grenland tili ona tili bo‘lgan tarjimonlarning biridan bu jurnalda aynan nima yoqishi haqida so‘raganda, u shunday javob berdi: «U yerdan men o‘zim uchun foydali fikrlar topaman. Shuningdek, sog‘ligimga ziyon yetkazmay, qay yo‘sin to‘g‘ri yashash mumkinligi to‘g‘risida bilib oldim. Ilgari men, bu xavfli ekanini bilsam-da, judayam ko‘p chekardim. Muqaddas Kitobdan, agar sog‘lom bo‘lishni istasak, tanamizni hech narsa bilan bulg‘amasligimiz kerakligini bilib oldim».
Teledasturda shuningdek quyidagilar aytib o‘tildi, Yahovaning Shohidlari Grenlandiyada 1950-yillarning o‘rtalaridan boshlab va’z qilishadi. Ular grenland tilida kitob va risolalarni chop etishadi. Tarjimani Daniya va Grenlandiyadan bo‘lgan ko‘ngilli yordamchilar bajarishadi. Ular, grenland tilida tarjima tabiiy va hozirgi zamonga oid tarzda bo‘lishiga harakat qilishadi.
Ancha yillardan beri xizmat qilayotgan bir va’zgo‘y shunday deya bo‘lishdi: «Men 25-yildan beri grenlandiyalik insonlarga va’z qilib, ularning ona tilidagi adabiyotlarimizdan foydalanish qanchalik muhim ekaniga amin bo‘ldim. Masalan, yilda bor-yo‘g‘i bir necha oy ichida faqatgina qayqda borish mumkin bo‘lgan ayrim olis hududlarda, jurnallarimizni o‘qishni yoqtiradigan insonlar bor. Shuning uchun, ularnikiga bora olmaydigan paytlarda doim xatlar va adabiyotlarimizni yuborib turamiz».
2013-yil yanvar oyidan boshlab, grenland tilida doim «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining tadqiq va tarqatish soni chop etiladi. Ularni jw.org saytida, «Adabiyotlar» sarlavhasi ostida «grenland» tilini tanlab, «Izlash» tugmachasiga bosib, o‘qish va u yerdan yuklab olish mumkin.