Asosiy materiallarga o‘tish

Ikki metrli Muqaddas Kitob

Ikki metrli Muqaddas Kitob

Yahovaning Shohidlarida Muqaddas Kitobni Brayl shriftida buyurtma qilishdan avval, sizda u uchun joy borligini aniqlang. Brayl shriftidagi «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning to‘la hajmi ingliz, nemis, ispan, portugal va italyan tillarida 18 dan to 28 jildgacha bo‘lib, ular uchun kitoblar tokchasida kamida 2 metr joyni bo‘shatishga to‘g‘ri keladi.

Bosma yozuv tushirilgan Muqaddas Kitobga qaraganda, boshqa adabiyotlar uchun kamroq joy kerak bo‘ladi. Brayl shriftidagi yon daftarchalarga ko‘zi ojiz kishilar yozuvlarini kiritib, elektron shaklda ko‘chma moslama yordamida ma’lumotga ega bo‘la olishadi. O‘sha moslamada, ko‘tarilayotgan va tushirilayotgan bo‘rtmalar Brayl shriftining belgilarini tashkil etadi. Ekrandan o‘qish va nashr etilgan matnga ovoz beradigan dasturlar yordamida esa, ko‘zi ojiz insonlar adabiyotlarni topib, ularni eshita olishadi.

Bundan tashqari, Yahovaning Shohidlari, Brayl shriftidagi matnni ko‘pgina tillarda yozib olishga ko‘maklashadigan kompyuter dasturini ishlab chiqarishdi. Muayyan bir tilda Brayl shriftiga bosma harflarni tarjima qilish jadvali tayyor bo‘lgach, dastur Brayl shriftida o‘sha tildagi matni yozib qo‘yadi. U shuningdek, adabiyotni ko‘zi ojiz kishilarga o‘qish oson bo‘lgan tarzda bezaydi. Ushbu avtomatik ravishda ishlov beradigan dastur tufayli, boshqa adabiyotlarni, jumladan Muqaddas Kitobni ham, Brayl shriftida belgilari bor bo‘lgan turli tillarda va hatto lotin shriftida bo‘lmagan tillarda ham Brayl shriftida nashr etsa bo‘ladi.

Mana, 100 dan oshiq yildirki, Yahovaning Shohidlari ko‘zi ojiz odamlar uchun Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni chop etishmoqda. Bugungi kunda, bunday adabiyotlarni 19 tilda o‘qish mumkin. Garchi, qiziqish ko‘rsatayotgan ko‘zi ojiz insonlar bu adabiyotlarni bepul olishi mumkin bo‘lsa-da, ularning ko‘pi xayr-ehson qilib kelmoqda.

Ilgari, Yahova Shohidlarining anjumanlarida, yangi adabiyot nashr etilgani haqida e’lon qilishganda, Brayl shriftidagi adabiyotlarni keyinroq buyurtma qilish mumkin deb aytilardi. O‘tgan yili, Qo‘shma Shtatlardagi filial jamoatlarda, ko‘zi ojiz insonlar qaysi hududiy anjumanlarga bormoqchi va adabiyotlarimizni qanday shaklda (bosma yozuv tushirilgan qog‘ozda, yon daftarchalar uchun mo‘ljallangan fayllar yoki ekrandan o‘qish dasturlar uchun fayllar shaklida) olmoqchi ekanligi borasida so‘roq o‘tkazdi.

Ko‘zi ojiz kishilar kelgan hududiy anjumanlar bo‘lib o‘tgan joylarga, bosma yozuv tushirilgan qog‘ozda chop etilgan adabiyotlar yuborilgan. Bu tufayli, ular hamma qatori bir vaqtda yangi adabiyotlarni olishdi. Elektron shakldagi adabiyotlar har bir xohlagan kishiga, u borgan hududiy anjumandan keyingi haftasiga jo‘natilgan edi.

Ko‘zi ojiz bir Yahovaning Shohidi shunday deb bo‘lishdi: «Hamma bilan birga adabiyotni olish judayam quvonchli. Zabur 36:4 da aytilganday, Otajonimiz Yahova ko‘nglimizdagi orzularga yetkazadi. U mana shu dam olish kunlarida orzuyimga yetkazadi». Boshqa bir akamiz, yig‘lab: «Men haqimda o‘ylashibdi. Yahova menga g‘amxo‘rlik qilganidan minnatdorman!» — dedi.