«Qo‘riqchi minorasi»ning soddalashtirilgan nashri
2011-yil iyul oyidan boshlab, «Qo‘riqchi minorasi»ning ingliz tilida soddalashtirilgan nashri chop etila boshladi. Bu, bir yil ichida sinab ko‘rish maqsadida qilingan edi. Hozir esa, o‘sha muhlat tugagani bois, soddalashtirilgan nashri chop etilishi davom etiladi degan qaror chiqarildi.
2013-yil yanvarda ushbu nashr ispan, portugal va fransuz tillarida chop etila boshladi.
Soddalashtirilgan nashr, ingliz tilida o‘tkaziladigan jamoatlarga qatnaydigan, lekin ingliz tili ona tili bo‘lmagan kishilarga mo‘ljallangan.
Jurnalning ilk nashridanoq minnatdorchilik xatlari kela boshladi. Bu xatlardan biri, Liberiyada yashaydigan va hech qachon maktabda o‘qimagan 64 yashar Rebekkadan keldi. U shunday deb bo‘lishdi: «Men o‘qish va yozishni o‘rgandim. Oldinlari, “Qo‘riqchi minorasi”ni o‘qimoqchi bo‘lganman, ammo hech nimani tushunmasdim. Menga soddalashtirilgan nashr judayam yoqadi. Men uni tushunyapman».
Ko‘pgina ota-onalar soddalashtirilgan nashrdan foydalanib, bolalariga Yahova Shohidlarining uchrashuvlaridan biriga, ya’ni «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining muhokamasiga tayyorlanishga ko‘maklashishadi.
Uchta nevarani tarbiyalayotgan Rozmari quyidagilarni yozibdi: «Nevaralarim bilan “Qo‘riqchi minorasi”ni tadqiq qilishga doimo qiynalardim. Anchagina so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun lug‘atni qo‘llashga to‘g‘ri kelardi. Maqoladagi ayrim iboralarni tushunish uchun shunchalik ko‘p vaqt ketardiki, nevaralarim hatto gap nima haqida ketayotganini ham esdan chiqarib qo‘yishardi. Endi esa, vaqtimizni oyatlarni o‘qishga va ular mavzu bilan qanday bog‘liq ekanini tushunishga sarflaymiz».