Amazonka nam tropik o‘rmonlaridagi yangi Anjuman Zali
Amazonka nam tropik o‘rmonining qoq o‘rtasida Yahova Shohidlarining hashamatli Anjuman Zali qad ko‘tarib turibdi. Braziliyadagi Manaus shahrining shimolida 52 gektar maydonning aksar qismini o‘rmonlar egallagan. Nam tropik daraxt butoqlarida («Theobroma grandiflorum», «Bertholletia exselsa», «Hymenolobium») rang-barang ara to‘tiqushi, tukan hamda boshqa turli qushlar chug‘ur-chug‘ur sayragani eshitiladi. Nega Anjuman Zali aynan shu yerda qurildi?
Manaus shahri Amazonka daryosining etagidan 1 450 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, aholisi qariyb 2 million kishini tashkil qiladi. Yangi qurilgan bino Manaus shahri va uning yon atrofidagi shaharlar, jumladan Amazonka daryosi hamda uning irmoqlari atrofidagi qishloqlarda yashovchi taxminan 7 000 ta Yahovaning Shohidlariga xizmat qiladi. Eng olisdagi San-Gabriel-da Kashueyra shaharchasi Manausdan 800 km g‘arbda joylashgan. Ba’zi Yahovaning Shohidlari anjumanga borish uchun uch kun qayiqda suzib, Anjuman Zaliga yetib kelishdi!
Amazonkaning qoq o‘rtasida Anjuman Zalini qurish, juda mashaqqatli ish edi. Qurilish materiallarini olib kelish uchun, San-Paulu shahridagi Santus portidan 13 ta konteyner kemalarga yuklanib, Braziliyaning sohillari bo‘ylab, so‘ng Amazonka daryosi orqali qurilish joyiga olib kelindi.
Yangi qurilgan bino, Braziliyadagi Anjuman Zalining yigirma yettinchisi bo‘lib hisoblanadi va 2014-yil 4-may, yakshanba kuni 1 956 kishi bag‘ishlanish marosimiga keldi. Mehmonlarning aksariyati Anjuman Zalida o‘tkazilgan uchrashuvga birinchi marta qatnashgani uchun hayratda qolgandi.
Endi tinglovchilar nafaqat ma’ruzachini eshita olardi, balki uni ko‘rishi ham mumkin edi. Ilgari anjumanlar jamoat joylarida o‘tgani uchun, anjumanga kelganlar sahnani ko‘rish u yoqda tursin, ma’ruzachini ham ko‘ra olishmasdi. Bir Shohid shunday fikr bildirdi: «Men ko‘p yillar davomida anjumanlarga borganman. Lekin Muqaddas Kitobga asoslangan sahna asarlarini hech tomosha qila olmaganman. Men faqat uni eshitganman, xolos». Hozir esa sahnani hamma ko‘ra oladi.