Yilgi majlis hisoboti
«Xudoning Kalomi — xazinadir»
2013-yil 5- va 6-oktyabr dam olish kunlari, Jersi-Siti (AQSH, Nyu-Jersi shtati) shahridagi Anjuman Zalida, «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» 129-yillik majlisini o‘tkazdi. Dasturni jami bo‘lib 31 ta mamlakatdan 1 413 676 kishi tingladi. Ularning bir qismi majlis o‘tgan Anjuman Zalida, boshqalari esa Internet orqali uzatilgan jonli efirdan dasturni tinglashdi.
Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi a’zosi Gay Pirs, dastur raisi sifatida xizmat qildi. U, tayyorlangan dastur Muqaddas Kitobdagi muhim savollarga javob berishini, haqiqatni yanada oydinlashtirishini hamda «rizq-ro‘zni vaqtida» yetkazishini aytib, tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi (Matto 24:45; Hikmatlar 4:18).
«Yahovaga sharaf keltiruvchi ko‘rgazma».
Yetakchi kengashning a’zosi Mark Sanderson, Yahova Shohidlarining Bruklindagi (Nyu-York) Xalqaro idora markazida qo‘yilgan «Muqaddas Kitob va Ilohiy ism» nomli yangi ko‘rgazma haqida batafsil aytib berdi. Ushbu ko‘rgazmada Xudoning ismi Tavrot, Zabur, Payg‘ambarlar kitoblari va Injilda, shuningdek eski Muqaddas Kitoblarda, qadimgi qo‘lyozmalar hamda o‘rta asrga mansub Muqaddas Kitob sahifalarida qayerda turishi lozimligini ko‘rsa bo‘ladi.
Shunisi qiziqqi, bu noyob to‘plamda, XVI asrda birinchi marta Xudoning ismini ingliz tiliga o‘girgan Vilyam Tindalning Muqaddas Kitob tarjimasi hamda 1602-yilda chop qilinib, Reyna-Valera sifatida keng tanilgan ispan tilidagi Muqaddas Kitobda izchillik bilan, ilohiy ism «Iehova» deb tarjima qilingan. Ko‘rgazmada shuningdek, muqaddas ism inglizcha Muqaddas Kitoblar orasida Greyt Baybl (1549-yilda chop etilgan) sifatida tanilgan tarjimada, Elias Xutterning qalamiga mansub 12 tilli Muqaddas Kitobda (1599-yil nashri, «Nyurnberglik poliglotta» deb ham aytiladi) hamda Jeneva Bayblda (1603-yilda chop qilingan) uchraganini ko‘rsa bo‘ladi.
Sanderson hammani bu ko‘rgazmani tomosha qilishga undab, shunday dedi: «Bu ko‘rgazma, turli yoshdagi va turli ma’lumotli samimiy insonlarga biz sevgan ikki narsani, ya’ni Xudoning bebaho Kalomi bo‘lish Muqaddas Kitobni hamda Uning buyuk Yahova ismini sevishlariga yordam bersin deya chin yurakdan ibodat qilyapmiz».
2014-yil uchun yillik oyat.
Yetakchi kengash a’zosi Gerrit Lyosh, «Qo‘riqchi minorasi» muhokamasining qisqacha tahlilini o‘tgazgach, Gay Pirs 2014-yil uchun yillik oyatni e’lon qildi: «Shohliging kelsin» (Matto 6:10). Ehtimol bu so‘zlar, Yahova Shohidlari uchun yillik oyati sifatida doim o‘rinli bo‘lib ko‘rinar. Lekin 2014-yili Xudoning Shohligi osmonda o‘rnatilganiga yuz yil bo‘lgani munosabati bilan bu so‘zlar tanlanishi juda o‘rinlidir.
«Xudoning hadyasi».
So‘ng, mehmonlar Yahova Shohidlari tomonidan chop etilgan va Muqaddas Kitob tarjimalari ichida eng a’lo hisoblab kelingan «Yangi dunyo tarjimasi»ning tarixi haqidagi videorolikni tomosha qilishdi. 1950-yilgi xalqaro anjumanda, Neytan Norr tinglovchilarga hozirgi kunda ham qadr-qimmatini yo‘qotmagan maslahatni bergan edi. U shunday degan: «Bu kitobni to‘liq o‘qib chiqing. Uni tadqiq qiling. Boshqalar ham uni tushunishiga ko‘maklashing, toki ular Xudoning Yahova degan ismni tilga olishsin».
«O‘tmishga sayohat».
Dasturning ushbu qismini Yetakchi kengash a’zosi Samyuel Xyord taqdim etdi. U, shuningdek oldindan videoga tushirilgan intervyuni ham namoyish qildi. Intervyuda Amerikadagi Baytilda ko‘p yil xizmat qilib kelayotgan 4 ta Yahovaning Shohidi ishtirok etgan. Ular 1950–1960-yilgacha «Yangi dunyo tarjimasi»ning oltita jildli e’lon qilinganining guvohi bo‘lishgan.
Evnika Tim, uchrashuvlarda «Yangi dunyo tarjimasi»dan qanday foydalanganini so‘zlab berdi. Chuqur izlanish o‘tkazish maqsadida o‘xshash oyatlar kabi foydali qo‘llanma unga yoqqanini va bu uchun minnatdor ekanini aytdi. Kitobning hamma jildini ko‘tarib borish og‘irlik qilgan sababli, u faqat kerakli bo‘lganini o‘zi bilan olardi. Kutilmagan qismlardan o‘qiladigan vaziyatlar uchun esa, cho‘ntakka sig‘adigan «Qirol Jeyms Muqaddas Kitobi»ni ham olardi.
Yangi tarjima haq topinishimizning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, Fred Rask 1950-yillardan oldin, Baytil oilasi nomidan ibodat qilayotganda «Qirol Jeyms Muqaddas Kitobi»dagi «sening shohligining kelsin» kabi iborani qo‘llab kelishardi. Ingliz tilidagi «sening» murojaat shakli eskirib, ko‘pchilik uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan edi. Ammo «Yangi dunyo tarjimasi» chiqqach, ular bu eskicha so‘zdan voz kechib, omma oldida ibodat qilayotib kundalik nutqda qo‘llanadigan so‘zdan foydalanishni boshlashdi.
Jon Uischuk, yangi kitob tarjimasining nafaqat sifatidan, balki Muqaddas Kitobning «Yangi dunyo tarjimasi»da ishtirok etganlarning kamtarligidan taassurotda qolgan. U shunday dedi: «Bu tarjimonlar tirikligida ham, o‘limidan keyin ham, ismlarini bilishlarini istashmasdi. Chunki ular butun sharafni Yahova Taologa bermoqchi edilar». Charlz Moloxen: «“Yangi dunyo tarjimasi” haqiqat yuragimizda mahkam o‘rnashib, imonimizni kuchli qilishga ko‘maklashdi. Shu yo‘sin biz boshqalarning imoniga imon qo‘shishga tayyor bo‘ldik»,— deb aytdi. Bu so‘zlari bilan, u to‘rtala baytilchining tuyg‘usini izhor eta oldi.
«Ularning o‘z ona tilimizda Allohning ulug‘vor ishlari haqida gapirishayotganini eshityapmiz»
(Havoriylar 2:11). Yetakchi kengash a’zosi Jeffri Jekson, ushbu nutqni taqdim etayotganda, 2013-yilgi «Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri tayyor edi. Dasturning ushbu qismi tugashi bilan mehmonlarning barchasiga, jumladan Internet orqali jonli efirni tomosha qilayotganlarga ham yangi Muqaddas Kitob tarqatildi.
Jeffri Jekson, «Yangi dunyo tarjimasi»ning birinchi jildi chiqqaniga 60-yildan oshiq vaqt o‘tganiga e’tibor qaratdi. Garchi shu davr ichida ingliz tili o‘zgargan bo‘lsa-da, lekin Muqaddas Kitobni tarjima qilishga yondashuvimiz o‘zgargani yo‘q. Biz Xudo Kalomidagi fikrlarning ma’nosini imkon qadar so‘zma-so‘z yetkazib berishni istaymiz.
2005-yilda Yetakchi kengash Muqaddas Kitob ko‘proq tillarga tarjima qilinishiga katta urg‘u qo‘ydi. Shundan beri «Yangi dunyo tarjimasi» 52 ta tildan (tarjima qilinayotgan 45 tasini hisobga olmagan holda) 121 taga oshdi. Muqaddas Kitobni «Yangi dunyo tarjimasi»dan o‘z ona tiliga o‘girayotgan tarjimonlar, muayyan so‘z yoki iboralarning ma’nosini yaxshiroq tushunish uchun savollar berishgan. Shunday qilib, 52 000 da ortiq savollar berildi. Bu esa inglizcha matnning qaysi joylarini qayta ko‘rib chiqish yoki zamonaviy tilda aytish mumkinligini ayon qildi.
Jeffri Jekson, misol tariqasida oldingi «Yangi dunyo tarjimasi»dan 1 Shohlar 14:11-oyatini keltirdi. U yerda Yo‘natan qurolbardori bilan birga «Filistlarga o‘zlarini ayon qilishgani» haqida aytilgan. Anglashmovchilik yuz bermasligi uchun, Muqaddas Kitobning qayta ko‘rib chiqilgan nashrida, ular «ko‘rinish bergan edi» deb aytilgan. Shu singari oldingi tarjimada Mixo 2:6 da: «Sizlar og‘iz ochasizlar. Ular so‘zlaydilar»,— deb aytilgan. Yangi nashrda bu parcha quyidagicha bo‘ldi: «“Bizga aql o‘rgatma!” deya, ular aql o‘rgatyapti».
Bundan besh yil oldin, Yetakchi kengash «Yangi dunyo tarjimasi» ustidan ishlashga mas’uliyatli kishilarni tayinladi. Yangi nashr ko‘zga yoqimli, tushunarli va sodda, shuningdek, uzoq vaqt davomida foydalanish uchun chidamli. Jeffri Jekson, yirik harfli hamda cho‘ntakka solishga qulay nashrlar yaqinda chop etilishini e’lon qildi.
«Haqiqat kalomini to‘g‘ri yetkazish».
Yetakchi kengash a’zosi Stiven Lett, nutqining mavzusi sifatida 2 Timo‘tiyga 2:15-oyatini tanlab, yangi nashrning amaliy qo‘llanmasiga e’tibor qaratdi. Ushbu oyatdagi «to‘g‘ri yetkaz» iborasi, tom ma’noda «to‘g‘ri kes»ishni anglatadi. Biz «muqaddas ruhning qilichi»dan o‘ta aniqlik bilan to‘g‘ri kesishni o‘rganmoqchimiz (Efesliklarga 6:17). Stiven Lett, yangi nashrdagi amaliy qo‘llanma qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Yangi nashrning kirish qismidagi «Xudo Kalomining muqaddimasi» nomli bo‘limda, Muqaddas Kitob asosiy ta’limotlarining 20 ta savoliga javob beruvchi oyatlar keltirilgan.
Ilovaning A qismida yangi nashrning farqli tomonlari, jumladan uning uslubi, so‘zlar tanlanishi hamda ilohiy ism qo‘llanishi ko‘rsatib berilgan.
Ilovaning B qismi 15 ta rang-barang bo‘limdan iborat bo‘lib, unda shaxsiy tadqiq va boshqalarga ta’lim berish uchun foydali xaritalar, diagrammalar bor.
Har bir kitobning kirish qismida «Mazmun-mundarija» bor. Ular yordamida kitobxonlar tezda kerakli parchani topa olishadi. Bundan oldingi nashrda sahifalarning ustki hoshiyasida bobning qisqacha sarlavhasi yozilardi.
«Muqaddas Kitobdagi iboralar lug‘ati», minglab so‘zlarning qisqacha izoh beradi.
«Muqaddas Kitobdagi so‘zlar ko‘rsatgichi» anchaga qisqartirildi. Hozir ko‘rsatgichda va’zgo‘ylik hamda ta’lim berish uchun foydali oyat va so‘zlar keltirilgan.
Barcha sahifalarning o‘rtasidagi o‘xshash yoki taqqos oyatlar ham, son jihatdan anchaga kamaydi. Endi ular orasidan faqatgina ilohiy xizmat uchun qo‘l keladiganlari tanlandi.
Izohlarda alternativ tarjima, so‘zma-so‘z tarjima hamda qo‘shimcha ma’lumot manbai taqdim etilgan.
JW Library ilovasi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari filialining qo‘mita a’zosi Jon Yekrann, smartfon va planshet singari elektron uskunalar uchun mo‘ljallangan yangi JW Library ilovasi qanday ishlashini namoyish qilib berdi. Bu ilova, qayta ko‘rib chiqilgan «Yangi dunyo tarjimasi» hamda Muqaddas Kitobning boshqa beshta tarjimasidan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Mazkur ilova, 2013-yil 7-oktyabrdan ilovalar onlayn-magazinlarida joylashtirilgan bo‘lib, bepul yuklab olish mumkin.
«Xudoning Kalomidagi fikrlarning ma’nosini to‘g‘ri yetkazib berish».
Yetakchi kengash a’zosi Entoni Morris, «Yangi dunyo tarjimasi» qayta qo‘rib chiqilgan nashrini tayyorlashda mas’ul bo‘lganlar, qaysi prinsiplar zamirida ishlashgani haqida batafsil tushuntirib berdi. Ular 1 Korinfliklarga 14:8, 9-oyatlardagi so‘zlarga amal qilib, qayta ko‘rib chiqilgan nashr tushunishga oson bo‘lishini maqsad qilgan edilar. Ular so‘zma-so‘z tarjima fikrni yetkaza olmagan joylardan qochishga harakat qilishgan.
Masalan, Ibtido 31:20-oyat so‘zma-so‘z: «Yoqub Lobonning yuragini o‘g‘irlab ketdi»,— deb tarjima qilingan. Ammo ushbu oyatda qo‘llanilgan ibroniycha ibora ingliz tilida boshqacha ma’noga ega. Shu sababli «Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashrida bu oyat quyidagi yetkazib berilgan: «Yoqub Lobonni aldab jo‘nab qoldi». Shu singari 1 Korinfliklarga 7:39-oyatning so‘zma-so‘z tarjimasini o‘qib, «eri uyquga ketgan» taqdirdagina, ayol boshqa erkakka turmushga chiqa oladi, degan xulosaga kelish mumkin. Garchi Muqaddas Kitobda «uyqu» so‘zi ba’zida o‘lim ma’nosida kelsa-da, «Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashrida o‘quvchilarni chalkashtirmaslik maqsadida ushbu ibora «o‘lim uyqusiga ketsa» deb qo‘llaniladigan bo‘ldi.
«Muqaddas Kitob dehqonlar, cho‘ponlar va baliqchilar kabi oddiy xalq tilda yozib qoldirilgan edi,— deydi Entoni Morris. — Yaxshi tarjima esa, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan samimiy insonlarga Xudoning xabarini tushunarli tarzda yetkaza oladi».
«Yoqimli so‘zlarni tanlab» va «haqiqat so‘zlarini aniq yozdi».
Yetakchi kengash a’zosi Deyvid Spleyn, Voiz 12:10-oyatga asoslanib, ushbu mavzuni yoritib berdi. Muqaddas Kitob yozuvchilari Xudoning so‘zlarini qalamga olganda, juda ehtiyotkor bo‘lishgan. Muqaddas Kitob Yangi dunyo tarjimasi uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita ham, o‘z ishiga xuddi shunday yondashuvni namoyon etdi. Qayta ko‘rib chiqilgan nashrda ham, «haqiqat so‘zlarini aniq yozib», Xudoning xabarini imkon qadar to‘g‘ri yetkazishga harakat qilindi.
Deyvid Spleyn: «Aksariyat inglizcha so‘zlar bir nechta ma’noni anglatadi»,— deb aytdi. Misol uchun, «Yangi dunyo tarjimasi»ning oldingi nashrida, 2 Timo‘tiyga 1:13-oyatda «sog‘lom so‘zlarning namunasi» degan ibora uchraydi. Ammo ingliz tilida «patenn» (namuna) so‘zining bir nechta ma’nosi bor. Ulardan biri — «badiiy asar»dir. Ushbu iboraning mana shunday ma’nosini e’tiborga olib, ba’zilar Muqaddas Kitob ta’limotlari ichidan chiroyli san’at asarini topsa bo‘ladi, degan xulosaga kelishlari mumkin. Lekin asl nusxadagi so‘z, «taqlid qilish uchun...andaza» ma’nosini berar ekan. Shu sababli qayta ko‘rib chiqilgan nashrda mazkur ibora «sog‘lom so‘zlarning standarti» deb qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Deyvid Spleyn, shuningdek, ingliz tilidagi qayta ko‘rib chiqilgan boshqa iboralarni tushuntirib berdi. Masalan, «Yangi dunyo tarjimasi»ning oldingi nashrida Isoning qanday tarzda qatl etilganini tasvirlab berish maqsadida inglizcha «impeyl» (sanchib teshmoq) so‘zi ishlatib kelingan. Bu so‘z, aksariyat vaziyatlarda yo‘nilgan xodani inson tanasi ichidan o‘tkazib, mahkamlab qo‘yishni anglatadi. Iso azob ustuni bilan sanchib teshilmagan ekan, yangi nashrda Isoning qanday qatl etilganini tasvirlash uchun «ustunga mixlash» iborasi qo‘llaniladigan bo‘ldi (Matto 27:22, 23, 31).
Deyvid Spleyn quyidagi so‘zlar bilan nutqini yakunladi: «“Yangi dunyo tarjimasi”ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri, har qachongidan ham ko‘proq sizni Yahova bilan yaqinlashtirsin, deya ibodat qilamiz. Shuningdek, U Otangiz, Xudoyingiz va Do‘stingiz ekanini yanada ko‘proq his qilishingizga tilakdoshmiz».
Xotima.
Gay Pirs, Muqaddas Kitobning yangi nashrini Yahovaning «boy dasturxoni» bilan solishtirdi (Ishayo 25:6). So‘ng esa u, mehmonlarni «Xudovand Yahovani tarannum eting» kitobidan 114-raqam ostidagi «Xudoning Kalomi — xazinadir» nomli qo‘shiqni kuylash bilan yakunlashni taklif etdi.