Yilgi majlis hisoboti
«Rizq-ro‘z vaqtida»
«Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati»ning (Pensilvaniya) 128-marta bo‘lib o‘tgan yilgi majlisiga bir nechta ming kishi keldi. Ular kuchli qiziqish ila hisobotlarni va Matto 24:45–47 dagi oyatlarning muhokamasini tinglab dalda olishdi.
2012-yil 6-oktyabrda taxminan 5 000 kishi Nyu-Jersi shtatidagi Jersi-Siti shahrida (AQSH) Yahova Shohidlarining Anjuman Zalida yig‘ildi. Bruklin, Patterson va Uolkilldagi (Nyu-York shtati) zallarimizda hamda Kanadadagi filialimizda 10 000dan ziyod odamlar audio-video orqali bu dasturni tinglab tomosha qilishdi.
Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi a’zosi va yig‘ilishda raislik qilgan Entoni Morris o‘tgan yillardagi eng hayajonli va tarixiy majlislardagi asosiy fikrlarni aytib o‘tdi. Tinglovchilar, bu yilgi majlisning dasturi ham hayajonga boy bo‘lishini bilishardi. Lekin bu dastur tarixiy bo‘larmikin?
Keyin esa, kelganlar butun dunyo bo‘ylab olib borilayotgan faoliyatimiz haqida ikkita video film tomosha qilishdi.
Yig‘ilish Zallarining qurilishi.
Bu filmda, imkoniyatlari chegaralangan mamlakatlarda Yig‘ilish Zallarining qurilishi qanchalar muvaffaqiyatli bo‘lgani ko‘rsatildi. Oxirgi 13-yil davomida Yig‘ilish Zallarini qurish guruhlari bunday mamlakatlarda 25 402 ta Yig‘ilish Zalini qurishdi. Bu, o‘rtacha hisobda kuniga 5 dan ziyod zalga to‘g‘ri kelyapti! Ushbu zallar, butun dunyodagi Yahova Shohidlarining xayr-ehsonlariga qurilgan. Bundan tashqari, tabiiy ofatlardan keyin tajribaga boy bu guruhlar darrov ishga tushib, zarar ko‘rgan kishilarga Yig‘ilish Zallarini va uylarini ta’mirlashga yoki tiklashga yordam berishgan.
Maxsus anjumanlar. 2012-yilda Yahovaning Shohidlari bir nechta maxsus anjuman o‘tkazishdi.
U yerga boshqa mamlakatlardan ham imondoshlarimiz tashrif buyurgan. Bu anjumanlar, ilgari o‘tkazilgan xalqaro anjumanlardan nimasi bilan farq qiladi?
Videofilmda ko‘rsatilganday, anjuman bo‘lib o‘tgan haftada tashrif buyurganlarni uy-joy, avtotransport va tushlik bilan ta’minlash uchun sayohat idoralari emas, balki anjuman bo‘lib o‘tadigan mamlakat filiali g‘amxo‘rlik qiladi. Har bir anjumanga, chet eldan taxminan 1 500 ta mehmon kelgan.
Mehmonlar va mahalliy Shohidlarda nafaqat anjumanda, balki sayr qilganda, ovqat yeganda va mahalliy aholiga va’z qilganda, o‘zaro tanishishga yaxshi imkon bo‘lgan. Videofilmda shunday deyilgan: «Barcha maxsus anjumanlarda, kelganlarni birodarlik sevgisi birlashtirib turardi».
Kelganlar, bundan buyon Yahovaning Shohidlari har yili butun dunyodagi muayyan shaharlarda maxsus anjumanlarni o‘tkazishlarini bilib, quvonchga to‘lishdi!
Yilgi majlisda quyidagilar ham hayajonga soluvchi onlarga aylandi:
Intervyu.
Filial qo‘mitasining uchta a’zosi va ularning xotinlari, Yahova ularga qay yo‘sin ko‘pgina turli vazifalarni bajarishni o‘rgatgani haqida aytib berishdi. Ular jami bo‘lib, to‘la vaqtli xizmatda 342-yil o‘tkazishgan.
Germaniyadagi Filial qo‘mitasining a’zosi Richard Kelsi, Filial qo‘mita a’zolari va ularning xotinlari uchun maxsus ta’lim tufayli «doimo Yahovaning ko‘rsatmasiga amal qilish kerakligiga» o‘rganib olganini aytdi. Tangri Yahova mehribon Otamiz bo‘lib, barchamizga faqatgina yaxshilik tilaydi. U shunday bo‘lishdi: «Xudo, bizning abadiy yashashimizni xohlaydi va bizga turli tomonlama g‘amxo‘rlik qiladi». Bu maktab, Filial qo‘mita a’zolarini Yahovaning mehrga to‘la o‘rnagiga taqlid qilishga o‘rgatdi.
Linda Yoxansson opamizni 1958-yili Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabiga taklif etishganda, u suvga cho‘mganiga bor-yo‘g‘i ikki yarim yil va turmushga chiqqaniga bir yil bo‘lgan. Opamiz quyidagicha dedi: «Maktabga kelib, yetuk va tajribali birodarlar bilan birga o‘qishimni ko‘rib: “Voy, men bu yerda nima qilyapman o‘zi?” — deb o‘ylagandim».
Biroq bunday tuyg‘ularga qaramay, Yoxansson opamiz astoydil o‘qib, maktabni tugatgach, eri ikkalasi Malaviga to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lib tayinlanishdi. Bu mamlakatdagi Yahovaning Shohidlari vahshiyona quvg‘inlarga duch kelganidan so‘ng, opamiz ilgari faoliyatimizga qarshilik ko‘rsatgan bir mansabdor kishi bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazgan. Bugungi kunda, o‘sha kishining xotini, o‘g‘li va qizi Yahovaning Shohidlaridir.
Ko‘chama-ko‘cha xizmat qilish.
Er-xotinlar uchun Muqaddas Kitob maktabining to‘rtta bitiruvchisi va Nyu-Yorkda ko‘chma nozir bo‘lib xizmat qiladigan akamiz, ular odam gavjum bo‘lgan ko‘chalarda va’z qilishganda, yuz bergan voqealarni aytib berishdi.
Odam gavjum joylarda, Yahova Shohidlarining to‘la vaqtli xizmatchilari Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni stend va adabiyot tashiydigan aravachalarga qo‘yib xizmat qilishadi. Yo‘lovchilar adabiyotlar olishi, Muqaddas Kitob haqida savollar berishi va Xudoning Kalomini tadqiq qilish to‘g‘risida so‘rashlari mumkin.
Nyu-York, Chikago va Los-Anjelesning boshqa hududlarida Yahovaning Shohidlari xuddi shu tarzda xizmat qilishadi. Bir yilning o‘zida taxminan 2 700 kishi bunday stol va aravachalar yoniga kelib, Muqaddas Kitob tadqiqini so‘rashgan.
Bolalar xori.
17 boladan iborat xor «Xudovand Yahovani tarannum eting» risolasidagi (rus) 120-qo‘shiqni kuylaganda, deyarli hamma o‘tirganlarning ko‘ziga yosh keldi.
So‘ng, olti qismdan iborat bo‘lgan nutqlar majmui bilan Yetakchi kengash a’zolari Jekson, Lyosh, Pirs, Xyord, Lett va Spleyn birodarlarimiz chiqishdi. Ular, Matto 24:45–47 dagi Isoning so‘zlarini tahlil qilib, ma’nosini muhokama qilishdi:
«Uyidagilarga rizq-ro‘zni vaqtida berib turish uchun xo‘jayin ular ustidan tayinlagan ishonchli va aqlli xizmatkor kim? Xo‘jayin qaytib kelgach, xizmatkorni o‘z vazifasini bajarayotgan holda ko‘rsa, bu xizmatkor naqadar baxtlidir! Ishonavering: xo‘jayin bor mol-mulkini unga ishonib topshiradi».
Nutqlar majmuida quyidagi savollarga javoblar berildi:
Iso «ishonchli va aqlli xizmatkorni» uyidagilari ustidan qachon tayinlagan?
Keling, Matto 4-bobidagi Isoning so‘zlarini matn tarkibida ko‘rib chiqaylik. Bu yerda keltirilgan barcha oyatlar Masihining hozir bo‘lishi, «zamona oxirlab borayotgan» paytda amalga oshishi kerak (3-oyat).
«O‘sha kunlardagi qayg‘u» (29-oyat).
«Bu avlod» (34-oyat).
«U kun va u soat» (36-oyat).
«Hazratingiz qaysi kuni kelishi» (42-oyat).
«Inson O‘g‘li sizlar o‘ylamagan soatda keladi» (44-oyat).
Masihning hozir bo‘lishi 1914-yili boshlanganda, «ishonchli va aqlli xizmatkor» paydo bo‘lgan deb hisoblash mantiqan to‘g‘ri.
Qolaversa, Iso: «Ishonchli va aqlli xizmatkor kim?» — degan savolni ko‘tarish o‘rinli bo‘lgan paytda «xizmatkor» paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Isoning havoriylari ilohiy in’omlarga ega bo‘lgani uchun, mil. birinchi asrda bu savolni ko‘tarishga sabab bo‘lmagan (1 Korinfliklarga 14:12, 24, 25). Garchi, havoriylar va mil. birinchi asrdagi boshqa masihiylar muqaddas ruh bilan moylangan bo‘lishsa-da, ular Iso bashorat qilgan «ishonchli va aqlli xizmatkor» bo‘lishmagan.
Shu bois, Iso uyidagilari ustidan «ishonchli va aqlli xizmatkorni» o‘zining hozir bo‘lishi, «zamona oxirlab borayotgan» paytda tayinlagan deb xulosa qilish to‘g‘ridir.
«Ishonchli va aqlli xizmatkor kim?»
Iso, «xizmatkor» to‘g‘risida alohida bir odam emas, balki bir tana kabi uyg‘unlikda ishlaydigan guruh haqida gapirganday aytgan. Iso ta’kidlaganiday, bu xizmatkor 1) xo‘jayinning «uyidagilari» ustidan tayinlangan va 2) uyidagilarga «rizq-ro‘zni vaqtida» beradi.
1919-yildan beri Yahova Shohidlarining Bosh idorasida doim moylangan masihiylardan iborat kichik guruh bor. Ular butun dunyodagi voizlik faoliyati ustidan nazorat qilib, ma’naviy rizq-ro‘zni tayyorlashda va uni yetkazishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashishgan. Bu guruh oxirgi yillarda Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi deb taniladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «ishonchli va aqlli xizmatkor» Isoning uyidagilari ustidan 1919-yili tayinlanganini ko‘rsatmoqda. Bu xizmatkor, moylangan birodarlardan iborat kichik guruh bo‘lib, Masihning hozir bo‘lish paytida Xalqaro bosh idorada xizmat qiladi va ma’naviy ozuqani tayyorlash hamda uni yetkazishda bevosita ishtirok etadi. Bu guruhning a’zolari birgalashib Yetakchi kengash sifatida mehnat qilishganda, «ishonchli va aqlli xizmatkor» bo‘lib harakat qilishadi.
«Uyidagilari» kim?
Iso, «uyidagilari» «rizq-ro‘zni vaqtida» olishadi deb aytgan. Isoning haqiqiy izdoshlarining hammasi «ishonchli va aqlli xizmatkordan» ozuqa olishadi. Shuning uchun, Masihning barcha shogirdlari — alohida moylangan masihiylar ham, «boshqa qo‘ylar» ham uning «uyidagilarini» tashkil etadi (Yuhanno 10:16).
Notiq, Isoning bashoratidagi bu tafsilotni tushuntirgach, zaldagi barcha kishilar olqishlab qarsaklar chalishdi. Keyinchalik, ba’zilar Iso ularni «uyidagilari» deb hisoblashidan minnatdorchilik izhor etishdi.
Iso «bor mol-mulkini» xizmatkorga qachon ishonib topshirgan?
Iso aytganiday, «xo‘jayin qaytib kelgach», g‘amxo‘rlik qilishi uchun «bor mol-mulkini unga ishonib topshiradi». Xo‘sh, Xo‘jayin bo‘lmish Iso qachon keladi?
«Kelgach» so‘zi, yunoncha erxomay so‘zidan tarjima qilingan. 24-bobning 42- va 44-oyatlarida erxomay so‘zi «keladi» deb o‘girilgan. Ushbu oyatlarda, Iso buyuk musibatda Hakam sifatida keladigan payt to‘g‘risida aytayotgani yozilgan (Matto 24:30; 25:31, 32).
Shuning uchun, Isoning «bor mol-mulkini» «xizmatkorga» topshirishi haqidagi so‘zlari kelajakda ro‘yobga chiqishi kerak. Bu, buyuk musibat paytida yuz beradi.
Isoning «mol-mulki» bu nima?
Iso: «Alloh menga yeru osmondagi barcha narsani ishonib topshirdi»,— deb aytgan (Matto 28:18). Shu sababli, Isoning «mol-mulkiga» nafaqat yer yuzidagi narsalar tegishli. Unga Masihiy Shohlik ham kiradi (Filippiliklarga 2:9–11).
Demak, Iso «ishonchli va aqlli xizmatkorni» taqdirlab, bu guruhning a’zolarini samoviy hayot uchun tiriltiradi va Masihning osmondagi hamda yerdagi bor mol-mulki ustidan hukm surish huquqini beradi. Bu mukofot shuningdek, barcha sadoqatli moylangan masihiylarga ham va’da qilingan (Luqo 22:28–30; Vahiy 20:6).
Nutqlar majmuining oxirgi qismida o‘zgacha bir e’lon bo‘ldi. Matto 28:20 dagi Isoning so‘zlarini o‘qib, Spleyn akamiz shunday dedi: «Imonimizga imon qo‘shayotgan yana bir sababimiz bor. U haqda 2013-yilning oyatida yozilgan. Qiziq, bu qanaqa sabab? Muqaddas Kitobda: «Jasoratli va dadil bo‘l... Xudoying Yahova sen bilandir»,— deb aytilgan (Yoshua 1:9, YADT).
Yakuniy so‘zlarida birodarimiz Morris quyidagilarni aytdi: «Kelasi yil nima yuz beradi? Keyingi yilgi majlisning dasturi 2013-yili 5-oktyabrda bo‘lib o‘tadi va Qo‘shma Shtatlardagi hamda ingliz tilida gapiradigan boshqa mamlakatlardagi ayrim Anjuman Zallarida odamlar audio-video orqali bu dasturni tinglab tomosha qilishadi».
Bu dasturni faqat ingliz tilida audio-video orqali tinglab tomosha qilish mumkin. U boshqa tillarga o‘girilmaydi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bu tarixiy dasturdan keyin, kelganlarning hammasi sidqidildan «Xudovand Yahovani tarannum eting» risolasidagi (rus) 116-qo‘shiqni kuylashdi. U qo‘shiqda shunday so‘zlar bor:
«Hazratimiz xizmatkorini tayinladi,
U bizga o‘z vaqtida ko‘maklashadi.
Haqiqat nuri yorishaveradi,
Qalb va ongga ta’sir qilaveradi».