Asosiy materiallarga o‘tish

Yahova Shohidlarining olamshumul o‘sish jarayoni

Yahova Shohidlarining olamshumul o‘sish jarayoni

1987-yili Venesuelaning Valensiya shahridagi Plaza Monumental nomli buqalar jang maydonida Yahova Shohidlarining Yetakchi kengash a’zosi Layman Suingl, 63 580 kishi oldida nutq bilan chiqdi. Mazkur nutqni tinglash uchun ularning aksariyati kechasi bilan avtobusda uzoq yo‘l bosib o‘tishdi. Xaloyiqqa qarata Suingl birodarimiz shunday dedi: «Endi sizlar kichkina emas, balki o‘rtacha filialga aylandingizlar. Tasavvur qiling, bir kunmas bir kun sizlar va’zgo‘ylari 100 000 tani tashkil etganlar “klubiga” kirasizlar!»

1987-yili Venesuelada 38 000 dan oshiq va’zgo‘ylar bo‘lgan. Ular Shohlik to‘g‘risidagi xushxabarni g‘ayrat bilan va’z qilgan. O‘sha paytda faqat 8 ta mamlakatning har birida 100 000 dan oshiq va’zgo‘y bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlarining son jihatdan o‘sib borayotgani chindan ham hayratlanarli. Birinchi jahon urushi davrida, atigi bir necha ming kishi Yahovaning Shohligi haqida insonlarga xabarlab yurgan. 1943-yilgi «Yahova Shohidlarining yilnomasi»da shunday deyilgan edi: «1942-yilgi umumiy hisobot uchun ma’lumot to‘liq bo‘lmaganiga qaramay, Xudoning barakasi yaqqol ko‘rinmoqda... Ya’ni butun dunyo bo‘ylab, ayni paytda 106 000 dan ko‘proq va’zgo‘y faoliyat olib bormoqda [xushxabar haqida va’z qilmoqda]». Ikkinchi jahon urushidagi tartibsizlik avj olayotganiga qaramay, aksariyat kishilar Muqaddas Kitobdagi haqiqatni qabul qilgan. 1950-yilda faqatgina AQShning o‘zida va’zgo‘ylar soni 100 000 dan oshgan edi.

1974-yilda va’zgo‘ylar soni 100 000 gacha yetgan keyingi mamlakat — Nigeriya edi.

Keyingi yili Braziliya va Germaniya davlatlarining har ikkalasida ham va’zgo‘ylar soni 100 000 gacha o‘sdi. To‘rtta qit’adagi bunday o‘sish, Muqaddas Kitob haqiqatiga bo‘lgan qiziqish dunyo bo‘ylab tarqalib ketayotganini isbotlamoqda.

Butun yer yuzida xushxabarni qabul qilayotganlarning soni hali-hanuz o‘smoqda. Bu, Muqaddas Kitobning quyidagi bashoratiga hamohang: «Eng kichik odamingdan mingta odam chiqadi, eng zaif odamingdan kuchli xalq paydo bo‘ladi. Men, Egang, buni o‘z vaqtida tez bajo qildiraman» (Ishayo 60:22).

2014 xizmat yilining hisobotiga ko‘ra, 24 mamlakatning har birida va’zgo‘ylar soni 100 000 dan oshdi. 2007-yilda jumladan Venesuela ham shunday bosqichga chiqdi. Bugungi kunga kelib butun dunyo bo‘ylab Yahova Shohidlari jamoatining soni 115 416 taga, va’zgo‘ylar soni esa 8 201 545 taga o‘sdi.

Va’zgo‘ylari 100 000 tadan oshiq bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

Qit’a

Mamlakat

Va’zgo‘ylar

Afrika

Angola

108 607

Kongo Demokratik Respublikasi

216 024

Gana

125 443

Nigeriya

362 462

Zambiya

178 481

Osiyo

Yaponiya

215 703

Koreya Respublikasi

100 641

Filippin

196 249

Yevropa

Buyuk Britaniya

138 515

Fransiya

127 961

Germaniya

166 262

Italiya

251 650

Polsha

123 177

Rossiya

171 268

Ispaniya

112 493

Ukraina

150 906

Shimoliy Amerika

Kanada

116 312

Meksika

829 523

AQSH

1 243 387

Janubiy Amerika

Argetina

150 171

Braziliya

794 766

Kolumbiya

166 049

Peru

123 251

Venesuela

140 226