Asosiy materiallarga o‘tish

JW.ORG sayti bilan tanishtiradigan umumjahon kampaniya

JW.ORG sayti bilan tanishtiradigan umumjahon kampaniya

Yahovaning Shohidlari 2014-yil avgust oyida, jw.org saytiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadigan buklamani dunyo bo‘ylab tarqatishdi. Natijada, oy mobaynida veb-saytga tashrif buyuruvchilar soni 20 dan ko‘proq foizga oshib, deyarli 65 millionga yetdi. Butun dunyoda, taxminan 10 000 kishi sayt orqali Muqaddas Kitobni bepul tadqiq qilishni so‘rashdi, ya’ni bu, o‘tgan oyga qaraganda 67 foizga ko‘proq degani. Ushbu kampaniya tufayli har joydagi kishilarga yordam ko‘rsatildi.

Hayotdagi muhim savollarga javob izlayotganlarga yordam berish

Kanadada, bir va’zgo‘y liftda Madlen bilan salomlashib, unga kampaniya paytida tarqatilgan «Eng muhim savollarga javoblarni qayerdan izlaysiz?» nomli buklamani ko‘rsatibdi. Madlenning aytishicha, u kechasi uyining balkoniga chiqib, bunday savollarga javob topishiga yordam berishini Xudodan o‘tinib so‘ragan ekan. Bundan avval, bir nechta cherkovga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilishlarini so‘rabdi, biroq hech kim qaytib qo‘ng‘iroq qilmabdi. Vaqt o‘tgach, Madlen Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitob tadqiqini boshladi.

Muqaddas Kitob bilan tanish bo‘lmaganlarga ko‘maklashish

Filippinda, Roina ismli opamiz kafe oldida turgan xitoy kishi bilan gaplashibdi. Opamiz unga buklamani berib, Yahovaning Shohidlari odamlar Muqaddas Kitobdan bepul ta’lim olishdan foyda ko‘rishlarini istayotganini tushuntiribdi.

U kishi umrida Muqaddas Kitobni ko‘rmaganini aytibdi. Keyingi suhbat, uni Yahova Shohidlarining anjumaniga tashrif buyurishga undabdi. So‘ng, u Muqaddas Kitob to‘g‘risida ko‘proq bilishni istashini va veb-saytimizdan kitobni yuklab olish niyati borligini aytibdi.

Qulog‘i eshitmaydigan kishilarga yordam berish

Gilermo, ispaniyalik qulog‘i eshitmaydigan va’zgo‘y, Xorxe ismli sobiq sinfdoshini uchratibdi. Uning ham qulog‘i eshitmas ekan. Xorxe, yaqinda onasi olamdan o‘tganini hamda bu borada ko‘pgina shubha va savollari borligini bo‘lishibdi. Gilermo unga kampaniya paytida tarqatilgan buklamani berib, qay yo‘sin jw.org saytida imo-ishora tilida ma’lumot qidirish mumkinligini hamda bu, anchagina savollariga javob topishga yordam berishini tushuntiribdi. Shuningdek, Gilermo Xorxeni Yig‘ilish Zalida o‘tadigan uchrashuvga taklif etibdi. Xorxe kelibdi va o‘shandan beri, uyi zaldan 60 kilometr uzoqlikda joylashganiga qaramay, uchrashuvlarni hech qoldirmas ekan.

Olis hududda yashovchilarga ko‘maklashish

Grenlandiyada, Yahovaning Shohidi bo‘lgan ikkita juftlik anchagina pul sarflab, aholisi 280 kishidan iborat qishloqqa yetib borish uchun olti soat kichkina qayiqda sayohat qilishibdi. U yerda ular xushxabarni bo‘lishibdi, buklamalarni tarqatishibdi va jw.org saytidan grenland tilidagi videolarni ko‘rsatishibdi. Qolaversa, ular uchratgan juftlik bilan Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashibdi. Hozir, ular telefon orqali haftasiga ikki marta tadqiq o‘tishyapti.

Bunday harakatlar Uzoq Shimolni ham chetlab o‘tmadi. Nikaraguadagi va’zgo‘ylar, Karib chakalakzorlarida yashovchi mayangna tilida gapiradigan kishilarga ham buklamalar tarqatilishini tashkil etishdi. Ular eskirgan avtobusda o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan to‘xtovsiz 20 soat sayohat qilib, 11 soat piyoda va hatto ba’zan loy kechib yurgach, qishloqlarga yetib borishgan ekan. Va’zgo‘ylar, u yerda buklamalar tarqatib, mayangna tilida videolar ko‘rsatishibdi. Mahalliy kishilar bundan juda hayratlanib, xursand bo‘lishibdi.

Estela opamiz, Braziliyadagi Amazonka nam tropik o‘rmonlaridagi shaharchadan o‘tib ketayotgan bir kishiga buklamani taklif qilibdi. U kishi buklamani olibdi, ammo uni cho‘ntagiga solibdi-yu, deyarli qiziqish ko‘rsatmabdi. O‘sha kishi uyiga qaytayotganida, qayiq motori buzilib, daryoning sayoz joyida turib qolibdi. Yordam kelishini kutayotib, u buklamani o‘qibdi. So‘ng, qo‘l telefonidan foydalanib, jw.org saytiga kiribdi va bir nechta maqolani o‘qib, ayrim videolarni yuklab olibdi. Bir-ikki kun o‘tgach, o‘sha kishi Estela opamizning erini uchratibdi va buklama bergani uchun unga rahmat aytib qo‘yishni so‘rabdi. «Sayozlikda turib qolganimda o‘qigan maqolalarim, ko‘mak kelmaguncha xotirjam kutishimga yordam berdi. Qolaversa, Kamol haqidagi videolar bolalarimga juda yoqadi. Bundan buyon ham jw.org saytiga kirib turmoqchiman»,— dedi u kishi.