Asosiy materiallarga o‘tish

Gilad maktabiga yetmish yil bo‘ldi

Gilad maktabiga yetmish yil bo‘ldi

1943-yili 1-fevralda Nyu-York shtatida o‘zgacha bir maktabda birinchi sinf ta’lim ola boshladi. O‘shandan beri, Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabi tufayli, 8 000 dan ziyod erkak va ayollar muhim bir ta’limga ega bo‘ldi.

Yuqorida: Gilad maktabining kiraverishi (Saut-Lansing, Nyu-York shtati). Pastda: Gilad maktabining amfiteatrida o‘qituvchi 31-sinfining talabalariga nutq so‘zlamoqda

Bu maktabni yaqinda bitirgan Jonatan ismli bir kishi shunday deb bo‘lishdi: «Xudoning Kalomiga asoslangan ta’lim, har qanday joyda yoki odamlarning madaniyati qanday bo‘lishidan qat’i nazar muvaffaqiyat ila xizmat qilishimizga ko‘maklashadi». Uning xotini Marni quyidagi fikrni bildirdi: «Odamlarga hayotning eng yaxshi yo‘lini ko‘rsatishga yordam berish istagim undan ham ko‘proq oshdi. U ham bo‘lsa, Parvardigorimiz biz uchun niyat qilgan yo‘ldir. Aminmanki, Yahova haqida bilim orttirish va bunday ko‘mak tufayli, ularning hayotlari ancha yaxshilanadi».

Gilad maktabidagi o‘qish bepul bo‘lib, besh oy davom etadi. Asosan Muqaddas Kitobga va voizlik faoliyatiga e’tibor qaratiladi. O‘qishning maqsadi, maktab bitiruvchilari Xudoning xizmatchilariga dalda va tasalli bera olishlaridan hamda qiyinchiliklarini yengish uchun kerakli ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Talabalar darslarda, Tangri Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarni mustahkamlashga ko‘maklashadigan Muqaddas Yozuvlardagi prinsiplarni muhokama qilishadi.

Yuqorida: 1958-yil. Albert Shryoder talabalarga muqaddas chodirining maketi yordamida ta’lim beryapti. Pastda: 1968-yil. Yulissis Glass 46-sinfining talabalarini o‘qityapti

Bu maktabda o‘qiydigan juftliklar to‘la vaqtli xizmatchilardir. O‘qishning tugashi bilan ular o‘zlarining joylaridagi xizmatni davom ettirish yoki boshqa mamlakatga borib xizmat qilish topshirig‘ini olishadi. Ba’zilar, bugungi kunda Yahova Shohidlarining 90 dan ziyod filiallarining birida xizmat qilishadi. Aksariyati, aholisi ko‘p bo‘lgan hududlarga tayinlanishadi. U yerda ular va’zgo‘ylik ishiga anchagina hissasini qo‘sha olishadi.

Gilad maktabi oldin Saut-Lansing shahridagi (Nyu-York shtati) fermada joylashgan. 1961-yili esa, bu maktab Bruklindagi (Nyu-York) Yahova Shohidlarining Xalqaro idorasiga ko‘chirilgan. 1988–1995-yillarda maktab Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Uolkillda (Nyu-York shtati) joylashgan fermalarida o‘tkazilgan. Keyinchalik, 1995-yili Gilad maktabi Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Patersonda (Nyu-York shtati) joylashgan o‘quv-ta’lim markaziga ko‘chirilgan. Hozir ham bu maktab o‘sha yerda o‘tkaziladi. 2013-yili mart oyida Gilad maktabining 134-sinfiga atalgan bitiruv marosimi bo‘ldi.

Yuqorida: 2003-yil. Gilad maktabining 116-sinfining talabalari o‘qishda. Pastda: 2011-yil. Talabalar Gilad maktabining kutubxonasida tayyorgarlik ko‘rishyapti

Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining Gilad nomli Muqaddas Kitob maktabining bitiruvchilari 70-yil davomida Yahova haqida sadoqat ila va’z qilib, o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishdi.