Ruhoniy savollariga javob oldi
Bir kuni Eliso ismli Yahovaning Shohidi qiziquvchi ayol bilan uning uyida Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tayotgan edi. Shu payt u ayolning uyiga kutilmagan mehmonlar kelib qoldi. Bu ruhoniy va uning xotini edi. Eliso bu juftlikning yagona o‘g‘li kasal bo‘lib, ikki hafta oldin vafot etgani haqida eshitdi.
Eliso ularga chin dildan hamdardlik bildirganida, ruhoniy bilan xotini achchiq-achchiq yig‘lay boshlashdi. Keyin ruhoniy jahl bilan shunday dedi: «Nega Xudo bunday baxtsizlik sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ydi? Nima uchun yagona o‘g‘limni tortib oldi? 28-yildan beri Xudoga xizmat qilib, ko‘p yaxshi ishlarni qilganimga javobi shumi?! Nega U o‘g‘limni o‘ldirdi?»
Eliso Xudo ularning o‘g‘lini tortib olmaganini tushuntirdi. Shuningdek, ular bilan to‘lov, tirilish kabi mavzularni hamda nega Xudo baxtsizliklarga yo‘l qo‘yayotganining sababini muhokama qildi. Ruhoniy va xotini Eliso orqali o‘z ibodatlariga javob olishganini aytishdi.
Keyingi haftada Eliso qiziquvchi ayol bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tayotganida ruhoniy va xotini ham ularga qo‘shilishdi. Eliso «Muqaddas Kitob ta’limotlari» kitobidan «O‘lganlar uchun haqiqiy umid» nomli bobni muhokama qilayotgan edi. Juftlik muhokamada faol ishtirok etdi.
Ular Gruziyaning poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tgan Yahova Shohidlarining maxsus anjumaniga borishdi. Ular o‘sha yerdagi odamlarning samimiy sevgisi va yakdilligini ko‘rib, qattiq ta’sirlanishdi. Sababi qancha harakat qilishmasin, ular cherkov a’zolarini bu fazilatlarni namoyon etishga unday olishmagandi.