Asosiy materiallarga o‘tish

Yahova Shohidlarining tashkilotidan chiqib ketish mumkinmi?

Yahova Shohidlarining tashkilotidan chiqib ketish mumkinmi?

 Ha. Yahova Shohidlarining tashkilotidan chiqib ketishning quyidagi ikkita yo‘li bor:

  •   Rasman. Odam og‘zaki yoki yozma ravishda Yahovaning Shohidi bo‘lmoqchi emasligini bildirishi mumkin.

  •   Xatti-harakat. Inson umumjahon birodarlikka tegishli bo‘lmoqchi emasligini xatti-harakati bilan bildiradi. (1 Butrus 5:9) Masalan, u boshqa dinni tanlab, uning a’zosi bo‘lishni afzal deb topishi mumkin. (1 Yuhanno 2:19)

Odam va’z qilmay, yig‘ilishlarga bormay qo‘ysa tashkilotdan chiqib ketgan deb hisoblanadimi?

 Yo‘q. Agar kimningdir imoni susayib qolsa, bu uning tashkilotdan chiqib ketganini anglatmaydi. Ko‘pincha, tushkunlikka tushgan, ammo imonidan voz kechmagan kishi faoliyatsiz bo‘lib, yig‘ilishlarga qatnamay hamda va’z qilmay qo‘yadi. Bunday inson bilan muloqot qilishdan qochmaymiz, aksincha, unga dalda berib, qo‘llab-quvvatlashga intilamiz. (1 Salonikaliklarga 5:14; Yahudo 22) Yordamga muhtoj ekanini aytsa, jamoat oqsoqollari unga ma’nan ko‘maklashishadi. (Galatiyaliklarga 6:1; 1 Butrus 5:1–3)

 Biroq ular hech kimni Yahovaning Shohidi bo‘lib qolishga majburlashmaydi. Din masalasida har bir odam o‘zi qaror chiqaradi. (Yoshua 24:15) Har bir inson Allohga o‘z xohishi bilan chin yurakdan topinishi kerak deb hisoblaymiz. (Zabur 110:3; Matto 22:37)