Yahovaning Shohidlari Iso Masihga ishonishadimi?
Ha. Biz Iso Masihga ishonamiz, u shunday degan: «Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga kela olmaydi». (Yuhanno 14:6) Iso yer yuziga kelishdan oldin osmonda bo‘lganiga va o‘z mukammal hayotini to‘lov qurbonligi sifatida berganiga ishonamiz. (Matto 20:28) Isoning o‘limi va tirilgani, unga ishongan insonlarga abadiy hayotga ega bo‘lishga imkon beradi. (Yuhanno 3:16) Qolaversa, u hozir Xudoning Samoviy Shohligida Shoh sifatida hukm surayotganiga ishonamiz. (Vahiy 11:15) Ammo Isoning quyidagi so‘zlarini inobatga olamiz: «Otam mendan ulug‘roqdir». (Yuhanno 14:28) Shunday ekan, Iso Masihga topinmaymiz, chunki u Qodir Tangri ekaniga ishonmaymiz.