Ilgari Yahovaning Shohidi bo‘lganlardan o‘zlaringizni chetga olasizmi?
Qachondir Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mgan va endi va’z qilmayotgan, balki imondoshlari bilan ham muloqot qilmayotgan, lekin jamoatdan chetlatilmagan insonlar bor. Bunday kishilar bilan ko‘rishishga va ma’naviy narsalarga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishga urinamiz.
Jiddiy gunohga qo‘l urgan kishi asossiz, o‘z-o‘zidan jamoatdan chetlatilmaydi. Ammo suvga cho‘mgan Yahovaning Shohidi Muqaddas Kitobdagi axloqiy me’yorlarga amal qilmay, buzuqliklarga qo‘l urayotgan va tavba qilmayotgan bo‘lsa jamoatdan chetlatiladi. Muqaddas Kitobda: «Yaramas odamni orangizdan chiqarib tashlanglar»,— deb aniq yozilgan. (1 Korinfliklarga 5:13)
Oila boshi jamoatdan chetlatilsa-yu, xotini va farzandlari esa Yahovaning Shohidi bo‘lsa-chi? U holda ular diniy mavzularda muloqot qilishmaydi, oiladagi munosabatlari shundayligicha qolaveradi. Nikoh, oilaviy munosabatlar va kundalik hayot davom etadi.
Jamoatdan chetlatilgan kishi yig‘ilishlarga kelishi mumkin. Agar istasa, jamoat oqsoqollari unga ma’naviy yordam berishadi. Ularning maqsadi, jamoatdan chetlatilgan kishi qaytadan Yahovaning Shohidi bo‘lishi uchun layoqatliroq bo‘lishga ko‘maklashishdir. Noma’qul hayot tarzidan voz kechib, Muqaddas Kitob me’yorlari bo‘yicha yashashni chin dildan istagan kishi hamisha qaytadan Yahovaning Shohidi bo‘la oladi.