Yahovaning Shohidlari faqatgina ular najot topishadi, deb hisoblashadimi?
Yo‘q. O‘tgan asrlarda yashagan va Yahovaning Shohidlari bo‘lmagan millionlab kishilar najot topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Muqaddas Kitobda tushuntirilganiday, Xudo va’da qilayotgan yangi dunyoda «adolatli va adolatsiz» odamlar tiriladi. (Havoriylar 24:15) Shuningdek, bugungi kunda yashayotgan ko‘pgina insonlar Xudoga xizmat qilishni boshlashi mumkin va ular ham najot topadi. Qanday bo‘lmasin, kim najot topishga loyiq-loyiq emasligini hukm qilish bizning vazifamiz emas. Alloh bu vazifani Iso alayhissalomning qo‘liga topshirgan. (Yuhanno 5:22, 27)