Yahovaning Shohidlari orasidagi mas’uliyatli kishilarga pul to‘lanadimi?
Birinchi asrdagi masihiylar bilan bo‘lganiday, Yahovaning Shohidlari tabaqalarga ajratilmaydi. Suvga cho‘mgan barcha Yahovaning Shohidlari Xudoning xizmatchilari bo‘lib, xushxabarni va’z qilishadi va ta’lim berish ishida qatnashadi. Taxminan 100 ta Yahovaning Shohididan tashkil topgan ko‘p jamoatlar mavjud. Har bir jamoatda ma’nan yetuk erkak kishilar oqsoqol bo‘lib xizmat qilishadi. (Titusga 1:5) Ularga xizmati uchun pul to‘lanmaydi.