Muqaddas Kitob tadqiqi nima degani?
Yahovaning Shohidlari boshqalarga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qilishadi. Bu tadqiq yordamida quyidagi ko‘pgina savollarga javoblar topish mumkin:
Xudo kim?
Xudo men uchun haqiqatdan ham qayg‘uradimi?
Nikohimni qanday yaxshilasam bo‘ladi?
Hayotda chinakam baxtga qanday erisha olaman?
Quyida Muqaddas Kitobni tadqiq qilish haqida ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollarning javoblarini topasiz.
Tadqiq qanday o‘tadi? «Xudo» yoki «nikoh» kabi mavzulariga diqqat qaratib, bu mavzuga tegishli Muqaddas Kitobdagi oyatlar borasida izlanish olib boramiz. Ularni solishtirib, Muqaddas Kitobda bu mavzu haqida nima deb yozilganini ko‘ramiz va Muqaddas Kitobning o‘zida yoritib berilayotgan haqiqatlarga e’tibor qaratamiz.
Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotib, «Muqaddas Kitob haqiqatlari» kitobidan foydalanamiz. Bu kitobda oddiy qilib boshqa mavzular ham, ya’ni Muqaddas Kitobda Xudo, Iso payg‘ambar va kelajagimiz borasida nima deyilishi tushuntirilgan.
Muqaddas Kitob tadqiqi uchun pul to‘lash kerakmi? Pul to‘lanmaydi va tadqiq uchun mo‘ljallangan asboblar ham bepul.
Muqaddas Kitob tadqiqi qancha vaqt davom etadi? Ko‘p odamlar bilan har hafta Muqaddas Kitobni bir soatcha tadqiq qilamiz. Lekin tadqiqning davomiyligi o‘zgarib turishi mumkin. Sharoitingizga moslashishga tayyormiz.
Muqaddas Kitob tadqiqini so‘rasam, nima bo‘ladi? Agar Muqaddas Kitobni tadqiq qilish istagini bildirsangiz, Yahovaning Shohidi sizga qulay vaqtda va ma’qul joyda siz bilan uchrashadi. Bir necha daqiqada, Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tishini sizga ko‘rsatib beradi. Agar sizga yoqsa, tadqiqni davom ettirsangiz bo‘ladi.
Muqaddas Kitobni tadqiq qilishga rozi bo‘lsam, Yahovaning Shohidi bo‘lishim shartmi? Yo‘q. Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitob ta’limotlarini boshqalar bilan baham ko‘rishni yoqtirishadi, lekin hech kimni bizga qo‘shilishga majburlamaymiz. Aksincha, har bir inson nimaga ishonishi kerakligini tanlash huquqiga ega ekanini tan olib, Muqaddas Kitobda yozilgan fikrlarni hurmat ila ularga ko‘rsatamiz. (1 Butrus 3:15)