Nega Yahovaning Shohidlari ba’zi ta’limotlarini o‘zgartirgan?
Ta’limotlarimizni doim faqatgina Muqaddas Kitobga asoslaymiz. Shuning uchun, uni anglash borasidagi tushunchamiz oydinlashgani sayin ta’limotlarimizni ham o‘zgartiramiz a.
Bunday o‘zgarish Hikmatlar 4:18 dagi quyidagi so‘zlarga muvofiq: «Odilning so‘qmog‘i tong shafag‘i kabidir, u tush paytiga qadar yorishib boraveradi». Quyosh chiqayotganda uning nurlari atrofni tobora yoritganidek, Xudo ham ilohiy haqiqatni tushunishimiz uchun uni asta-sekin o‘z vaqtida ochib beradi. (1 Butrus 1:10–12) Muqaddas Kitobda bashorat qilinganidek, Alloh «oxirzamonda» buni yanada tezlashtirdi. (Doniyor 12:4)
Ta’limotlarimizning o‘zgarishi bizni na hayratga, na xavotirga solishi kerak. Xudoning qadimgi xizmatchilari ham noto‘g‘ri fikrlarga va o‘rinsiz umidlarga ega bo‘lib, nuqtai nazarini o‘zgartirishlari lozim edi.
Muso o‘zini Xudo belgilagan vaqtdan 40-yil ilgari yo‘lboshchi bo‘la olaman, deb hisoblagan. (Havoriylar 7:23–25, 30, 35)
Havoriylar Isoning o‘limi va tirilishi borasidagi bashoratni tushunishmagan. (Ishayo 53:8–12; Matto 16:21–23)
Ba’zi ilk masihiylar «Yahovaning kuni» borasida noto‘g‘ri tushunchalarga ega bo‘lishgan. (2 Salonikaliklarga 2:1, 2)
Keyinchalik Xudo ularning tushunchalarini o‘zgartirgan va U bizga ham bunda yordam berishni davom ettirishi haqida ibodat qilamiz. (Yoqub 1:5)
a Muqaddas Kitob borasidagi ushbu tushunchalarimiz o‘zgarganini yashirmaymiz. Aksincha, ularni barchaga havola qilamiz. Masalan, «Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma»da «Ta’limotlarimizning oydinlashishi» degan sarlavhaga qarang.