Yahovaning Shohidlari protestantmi?
Yo‘q. Yahovaning Shohidlari — masihiylar, lekin protestant emas. Nima uchun?
Protestantizm, xristian olamida reformatsiya paytida norozilik oqibatida katolitsizmdan ajralib chiqqan diniy oqim. Garchi, Yahovaning Shohidlari katolik cherkovining aksariyat ta’limotlariga qo‘shilmasa-da, o‘zlarini protestant deb hisoblashmaydi. Buning quyidagi sabablari mavjud:
Protestantlarning bir qator ta’limotlari Muqaddas Kitobda yozilganlarga zid. Masalan, Muqaddas Kitobda uchlik emas, «Xudo yagona» deb aytilgan. (1 Timo‘tiyga 2:5; Yuhanno 14:28) Shuningdek, Muqaddas Kitobda Xudo yovuz odamlarni otashli do‘zaxda qiynab jazolashi emas, abadiy halokat jazosiga mahkum etishi haqida yozilgan. (Zabur 37:9; 2 Salonikaliklarga 1:9)
Yahovaning Shohidlari katolik cherkovi yoki boshqa diniy oqimlarga qarshi norozilik bildirishmaydi va ularni o‘zgartirishga intilmaydi. Aksincha, Xudoning Shohligi haqidagi xushxabarni odamlarga yetkazib, unga ishonishga ko‘maklashamiz. (Matto 24:14; 28:19, 20) Maqsadimiz, boshqa dinlarga qarshi chiqib, ta’limotlarini o‘zgartirish emas, samimiy insonlarga Xudo va Uning Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitob haqida bilim orttirishga yordam berishdan iborat. (Kolosaliklarga 1:9, 10; 2 Timo‘tiyga 2:24, 25)