Yahovaning Shohidlari tibbiy muolajalarni qabul qilishadimi?
Ha. Yahovaning Shohidlari tibbiyotga va muolajalarga qarshi emas. Garchi o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilib, sog‘ligimiz yaxshi bo‘lishiga intilsak ham, gohida «shifokorga muhtojmiz». (Luqo 5:31) Darhaqiqat, birinchi asrdagi Luqo ismli Xudoning xizmatchisi kabi, Yahovaning Shohidlari orasida ham shifokorlar kam emas. (Kolosaliklarga 4:14)
Ammo muolajalarning ayrim usullari Muqaddas Kitob prinsiplariga zid bo‘lsa, ulardan voz kechamiz. Masalan, qon quyishga qarshimiz, chunki Muqaddas Kitobda hayotni saqlab qolish maqsadida qondan foydalanish man etiladi. (Havoriylar 15:20) Shunga o‘xshab, Muqaddas Kitobda sehr-jodu bilan bog‘liq davolanish usullari yoki muolajalar qoralanadi. (Galatiyaliklarga 5:19–21)
Biroq davolanish usullarining ko‘pi Muqaddas Kitob me’yorlariga zid emas. Shuning uchun, davolanishning usullarini tanlash har bir kishining shaxsiy qarori. Yahova Shohidining biri muayyan davolanish usuli yoki muolajaga rozi bo‘lishi, boshqasi esa o‘sha usul yo muolajaga rozi bo‘lmasligi mumkin. (Galatiyaliklarga 6:5)