Asosiy materiallarga o‘tish

2018-yil 31-DEKABR
BRAZILIYA

Braziliyaning Manaus shahridagi ulkan yong‘in

Braziliyaning Manaus shahridagi ulkan yong‘in

2018-yilning 18-dekabrida erta tongda Braziliyaning Manaus shahrida yong‘in oqibatida 600 ga yaqin uyning kuli ko‘kka sovurildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, ammo 4 nafar kishi kuyish jarohatini olgan va 2 000 dan ziyod odam boshpanasiz qolgan.

Braziliya filialining xabar berishicha, yong‘indan hech bir imondoshimiz jabr ko‘rmagan. Lekin 10 ta imondoshimizning uyi vayron bo‘lgan va buning oqibatida 18 ta va’zgo‘y hamda ularning qarindoshlari boshpanasiz qolgan. Tabiiy ofatlarda yordam berish qo‘mitasi filial rahbarligi ostida jabrlangan va’zgo‘ylarning ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilmoqda.

Braziliyadagi yong‘indan jabr ko‘rgan imondoshlarimiz bundan buyon ham «musibat paytida bexatar panoh» bo‘lmish Tangrimiz Yahovaga tayanishda davom etishlariga aminmiz. (Zabur 9:9, 10)