2020-YIL 3-APREL
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR
Bu yilgi Masihning o‘limini xotirlash marosimi tarixiy voqea bo‘ladi
Koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘p jamoatlar videokonferensiyadan foydalanadi
2020-yil 7-aprel seshanba kuni millionlab Yahovaning Shohidlari va qiziquvchilar yilning eng muhim yig‘ilishi bo‘lmish Isoning o‘limini xotirlash marosimini o‘tkazishadi. Ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli bu yili Qutlug‘ Kechlik o‘tgan yillaridan boshqacha bo‘ladi. Chunki butun dunyoda ko‘plab odamlar uni videokonferensiya orqali o‘tkazadi.
Koronavirus pandemiyasi sababli ko‘p mamlakatlarning hukumatlari ommaviy yig‘inlar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. Shu bois dunyo bo‘ylab ko‘pgina jamoatlar har hafta o‘tadigan yig‘ilishlarni videokonferensiya orqali o‘tkazyapti. Bu jamoatlar Qutlug‘ Kechlikni o‘tkazish uchun ham videokonferensiyadan foydalanadi. Keng omma uchun esa oldindan yozib olingan dastur jw.org saytiga joylashtiriladi.
O‘tgan yili Qutlug‘ Kechlikka 20 milliondan oshiq odam kelgan edi. Umid qilamizki, bu yili ham millionlab odamlar Qutlug‘ Kechlik dasturining translyasiyasini telefon orqali tinglaydi, dasturni videokonferensiya yoki jw.org saytiga joylashtirilgan video yordamida tomosha qiladi.
Ko‘p mamlakatlarda virus tarqalishda davom etyapti va odamlar uchun xavf tug‘diryapti. Imondoshlarimiz sog‘-omon bo‘lishi uchun xavf ortda qolmagunicha hukumatlarning yo‘l-yo‘rig‘iga qat’iy amal qilishda davom etishimiz kerak. Biroq Yahovaga to‘liq tayangan holda Isoning: «Buni meni eslab turish uchun qilinglar»,— degan amriga bo‘ysunish qarorimiz qat’iy. (Luqo 22:19)