2020-YIL 29-APREL
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR
«Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri serb va xorvat tillarida chiqdi
2020-yili 25-aprelda Yetakchi kengash a’zosi Mark Sanderson birodar oldindan yozib olingan videoda «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri serb va xorvat tillarida chiqqanini e’lon qildi. Serb tilidagi nashr ham kirill, ham lotin yozuvida chiqdi.
Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Xorvatiya va Chernogoriyadagi imondoshlarimiz koronavirus pandemiyasi paytida hukumat o‘rnatgan cheklovlarga amal qilish uchun bu dasturga birgalashib yig‘ila olishmadi. Lekin videokonferensiya orqali hammasi bo‘lib 12 705 ta kishi birga ulana oldi.
Bu dasturni tomosha qilgan bitta birodarimiz qayta ko‘rib chiqilgan bu nashrni «haqiqiy dur» deb atadi va u orqali «Yahova shaxsan menga gapirayotganini» his qildim dedi. Oqsoqol bo‘lib xizmat qilayotgan boshqa birodarimiz shunday deb aytdi: «Ona tilimda bu yangi nashrni o‘qiganimda, Yahova meni yaxshi ko‘rishini va menga g‘amxo‘rlik qilayotganini yaxshiroq his etdim. Endi, jamoatda boshqalarga dalda berganimda, Yahova birodar-u opa-singillarimizni qanchalar sevishini va qadrlashini yanada yaxshiroq yetkaza olaman».
Tarjima ishi 1996-yilning oxirida boshlangan edi. So‘ng 1999-yili iyulda «Yangi dunyo tarjimasi — Yunoncha yozuvlar»ning serb va xorvat tillaridagi nashri chiqdi. Yetti yil o‘tgach, 2006-yili ushbu ikkita tilda ham Muqaddas Kitobning to‘liq nashri chiqdi.
Aminmizki, serb va xorvat tillaridagi aniq hamda tushunishga oson bo‘lgan ushbu nashrlar barcha o‘quvchilariga «Xudoning kalomi jonli» ekanini ko‘rishga ko‘maklashishda davom etadi. (Ibroniylarga 4:12)