2019-YIL 24-IYUN
EKVADOR
Guayakil (Ekvador). Sevgi hech qachon tugamaydi!» nomli 2019-yilgi xalqaro anjuman
Sana: 2019-yil, 14–16-iyun
Anjuman bo‘lib o‘tgan joy: Guayakildagi (Ekvador) «Monumental Banko Pichincha» stadioni
Dastur eshittirilgan tillar: ekvador imo-ishora tili, ingliz, ispan
Kelganlarning yuqori soni: 53 055
Suvga cho‘mganlarning soni: 702
Chet eldan kelganlarning soni: 5 300
Taklif etilgan filiallar: Argentina, Belgiya, Boliviya, Ispaniya, Kolumbiya, Koreya, Kuba, Markaziy Amerika, Moldaviya, Myanma, Polsha, Qozog‘iston, Qo‘shma Shtatlar
Mahalliy voqea: «Barselona» sport klubining prezidenti va «Monumental Banko Pichincha» stadionining egasi Xose Fransisko Sevalos shunday dedi: «Sizlar hozir ham, bundan oldingi yillar ham o‘tkazgan anjumanlaringizda hech qanday muammoga duch kelmaganmiz. Bu sizlarning yaxshi xulq va tartibingizning isbotidir. Bu oson bo‘lmasa ham, anjumanlaringiz uchun hammasini tayyor qilib qo‘yasizlar. Yaxshi insonsizlar, juda savodli, tarbiyali va tartiblisiz. Biz hamma shaharu mamlakatlarga Yahovaning Shohidlari o‘z tadbirlarini o‘tkazishiga ruxsat berishni tavsiya etamiz».
Imondoshlarimiz Ekvadordagi Baytilda rasmga tushishyapti
Boshqa mamlakatdan kelgan va mahalliy birodar-u opa-singillarimiz birga xizmat qilishyapti
Turli millatga mansub imondoshlarimiz anjumanning birinchi kuni qo‘shiq kuylashyapti
Suvga cho‘mayotgan 702 ta imondoshimizning ba’zilari
Imondoshlarimiz dasturni yozib olishyapti
Imondoshlarimiz koreys madaniyatida sevgini anglatuvchi belgini ko‘rsatishyapti
Yetakchi kengash a’zosi birodar Kennet Kuk shanba kungi dasturning so‘nggi nutqini so‘zlayapti
Turli mamlakatlardan kelgan to‘la vaqtli xizmatchilar anjumanning so‘nggi kunida xayrlashishyapti
Mahalliy imondoshlarimiz ko‘ngilochar konsert tayyorlashgan