Asosiy materiallarga o‘tish

2020-YIL 23-IYUN
GRUZIYA

«Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri gruzin tilida chiqdi

«Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri gruzin tilida chiqdi

2020-yil 21-iyun, yakshanba kuni videokonferensiya orqali o‘tgan maxsus dasturda «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning qayta ko‘rib chiqilgan nashri gruzin tilida ham chiqqani e’lon qilindi. Yetakchi kengash a’zosi Jeffri Jekson birodar oldindan yozib olingan nutqda bu nashr chop etilganini e’lon qildi. Bu dasturni jami 19 521 kishi tomosha qildi. Elektron nusxasini jw.org saytidan yuklab olish uchun, bu nashr darhol u yerga qo‘yilgan edi.

Tarjimonlar ushbu nashrni 4-yil ichida tugatishdi. Bu tarjimonlarning biri shunday deb bo‘lishdi: «Matn oddiy tilda bo‘lgani uchun hamma yoshdagi odamlar uni tushunadi. Umid qilamizki, oilalar uni zavq ila birgalashib tadqiq qilishadi».

Boshqa tarjimon: «Maqsadimiz, uni o‘qiydigan barcha insonlar ma’lumoti qanday bo‘lishidan qat’i nazar matnni osonlikcha tushuna olishidan iborat edi»,— deb aytdi.

Muqaddas Kitobning ushbu aniq va tushunarli nashridan foydalanadigan hamma insonlar, Tangri Yahovaning sevgisini ko‘rsatuvchi bu sovg‘a uchun Undan minnatdor bo‘lishiga aminmiz. (Yoqub 1:17)