2018-YIL 22-NOYABR
GRUZIYA
Tbilisida (Gruziya) o‘tgan ilk maxsus anjuman
Gruziyadagi birodar-u opa-singillarimiz «Jasoratli bo‘ling!» nomli anjumanga 18 ta mamlakatdan kelgan mehmonlarni kutib oldi! Maxsus anjuman poytaxt shahar Tbilisda 2018-yili 20–22-iyulda bo‘lib o‘tdi. Ushbu maxsus anjuman Gruziyada ilk bor o‘tkazildi va ma’naviy ozuqaga boyligi, iliq mehmondo‘stligi va viloyatlarning xilma-xilligi, qiziqarli madaniyati hamda tarixi bilan ajralib turdi.
Anjuman Tbilisidagi Olimpiyada saroyida o‘tkazildi va tashrif buyurganlarning eng yuqori soni 7 002 kishiga yetdi. Dastur bir vaqtning o‘zida mamlakat bo‘ylab taxminan 80 ta joyda eshittirildi va uni tinglaganlarning soni umumiy hisobda 21 500 dan oshiq kishini tashkil qildi. Anjumanning yorqin daqiqalaridan biri 208 kishining suvga cho‘mib, birodar-u opa-singillarimiz qatoriga qo‘shilgani bo‘ldi.
Ma’naviy dasturdan tashqari, tashrif buyurgan mehmonlar Gruziya xalqining madaniyati bilan tanishishdan zavq oldi. Ular mahalliy Shohidlar tayyorlagan milliy raqs va musiqiy namoyishlarni tomosha qilishdi, u yerning milliy oshxonasidan bahramand bo‘lishdi va qadimgi shahar Tbilisi bo‘ylab sayohat qilishdi.
Gruziya filialining vakili Tamaz Xusishvili quyidagicha dedi: «Mamlakatimizda doim ham diniy erkinlik bo‘lmagan. Ammo hozir mahalliy hokimiyat a’zolari ushbu ajoyib tadbirni o‘tkazishimizga ruxsat berishdi. Ko‘pgina birodar-u opa-singillarimizni qarshi olish unutilmas voqea bo‘ldi». (Rimliklarga 15:7)
2018-yili 20–22-iyulda Olimpiyada saroyida bo‘lib o‘tgan maxsus anjumanga kelganlarning eng yuqori soni 7 002 kishini tashkil qildi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida mamlakat bo‘ylab turli joylarda dasturni 14 912 kishi tinglab zavq oldi.
Yetakchi kengash a’zosi Stiven Lett har kuni so‘nggi nutqni so‘zladi.
Anjumanning yorqin daqiqalaridan biri 208 kishining suvga cho‘mishi bo‘ldi. Suvga cho‘mdirish uchun mo‘ljallangan hovuz Olimpiyada saroyining ichki qismidagi tabiiy tog‘ jinslaridan yasalgan devor yaqiniga joylashtirildi.
Dastur bir vaqtning o‘zida taxminan 80 ta turli joylarda ko‘rsatildi.
Gruziyadagi opa-singillarimiz mehmonlarni kutib oldi. Mahalliy opa-singillarimizdan biri Gruziyaning tog‘li hududlarida yashovchilarga xos bo‘lgan qo‘y junidan qilingan bosh kiyimda.
Qiziqarli dastur 17 va 18-iyul kunlari Tbilisi yaqinidagi Muxrani qishlog‘ida, ya’ni Shato-Muxranida bo‘lib o‘tdi. Dasturda Gruziyaning milliy musiqa va raqsi jonli tarzda namoyish etildi va tashkilotimizning Gruziyadagi tarixi borasida ikkita video ko‘rsatildi.
Mahalliy Shohidlar ajaruli raqsini taqdim etishdi (mamlakatning janubi-g‘arbining burchagida, Qora Dengiz yaqinida joylashgan hudud Ajariya nomi bilan atalgan). Bu raqs Gruziyaning mazkur hududining turli milliy kiyimlari bilan ajralib turadi.
Mahalliy birodarlarimiz Gruziyaning qadimgi vokal (polifonik, ya’ni ko‘p ovozli) uslubida kuylashyapti.