Asosiy materiallarga o‘tish

2020-YIL 18-IYUN
HINDISTON

Hindistondagi tarjimonlarning pandemiya davomidagi faoliyati

Hindistondagi tarjimonlarning pandemiya davomidagi faoliyati

COVID-19 pandemiyasi dastidan adabiyotlarimizni 36 tilga tarjima qiladigan Hindistondagi 11 ta masofaviy tarjima ofislari yangi qiyinchiliklarga duch kelishdi. Tangri Yahovaning yordami bilan ular bu muammolarni hal qilib, faoliyatini davom ettirishyapti.

Tarjima faoliyati umumiy ish bo‘lib, tarjimonlar guruhlarda hamkorlik qilishadi. Lekin pandemiya tarqala boshlaganda, Hindistonda qat’iy cheklovlar kiritildi va tarjimonlar shaxsan ko‘rishib ishlay olishmasdi. Bu, audio va video mahsulotlar ustida ishlaydigan xizmatchilarga ham ta’sir qildi.

Bu ofislardagi xizmatchilar videokonferensiya orqali ulanib faoliyatini davom ettirishyapti. Ushbu usullar tufayli u yerdagi tarjimonlar Bangladesh va Qo‘shma Shtatlar kabi boshqa mamlakatlardagi birodar-u opa-singillarimiz bilan ham hamkorlik qila olishyapti.

Birodarlar o‘zaro masofani saqlagan holda imo-ishora tilidagi videolarni ham ishlab chiqarishning yangi yo‘llarini topishdi. Ba’zi tarjimonlar o‘z yotoqxonalarini studiyaga aylantirishdi. Asbob-uskunalar o‘rniga qo‘l ostidagi narsalarni ishlatishyapti. Masalan, video kameralarning o‘rniga mobil telefonlaridan foydalanib, ularni shtativga emas, karton korobkalar ustiga o‘rnatishyapti.

Ular nafaqat texnik ishlarini amalga oshira olishyapti, balki Yahovaga tayanib, ijobiy nuqtai nazarni saqlashyapti va bu vaqt davomida samarali bo‘la olishyapti. Ularning ba’zilari shunday deb bo‘lishdi:

Kalkuttadan bo‘lgan Xose Fransis birodar: «Odamlar mushkul vaziyatlarda faqat devorni ko‘rishadi, Yahova esa uni chetlab o‘tadi»,— dedi.

Bangaloradan bo‘lgan Bindu Rani Chandan opamiz quyidagicha dedi: «Ushbu qiyin zamonda Yahova mendan foydalanayotganini bilishdan dilim zavqqa to‘lyapti».

Vadodaradan bo‘lgan Rubina Patel singlimiz: «Yahovani va Uning tashkilotini hech narsa, hatto koronavirus ham to‘xtata olmaydi»,— deb o‘z tuyg‘ulari bilan bo‘lishdi.

Tarjima ishida g‘ayrat ila xizmat qilayotgan birodar-u opa-singillarimiz bilan faxrlanamiz. Shubhasizki, Yahovaning qudratli muqaddas ruhi ularga yordam bermoqda. Bu ruh tufayli Isoning quyidagi bashorati ham amalga oshmoqda: «Shohlik haqidagi xushxabar hamma xalqlarga shahodat berilishi uchun butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi». (Matto 24:14)