Asosiy materiallarga o‘tish

2018-YIL 28-NOYABR
HINDISTON

Hindistonda zarar keltirgan «Gaja» bo‘roni

Hindistonda zarar keltirgan «Gaja» bo‘roni

2018-yili 16-noyabrda Hindistonning janubidagi Tamilnad shtati «Gaja» bo‘roni ostida qoldi. Kamida 46 ta kishi vafot etdi, taxminan 250 000 ta kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 85 000 dan ziyod xonadon talafot ko‘rdi yoki vayron bo‘ldi.

Mannargudidagi (Tamilnad shtati) birodarimizning uyiga daraxt qulab tushgan

Hindistondagi filialimiz Yahovaning Shohidlari jarohat ko‘rmadi va hayotdan ko‘z yummadi deb xabar berdi. Lekin bo‘ron dastidan imondoshlarimizning 38 ta uyi va ikkita Yig‘ilish zalimiz ziyon ko‘ribdi. Yordam berish qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, kulfatga yo‘liqqan hududdagi imondoshlarimizda oziq-ovqat va suv bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilinadi.

«Gaja» bo‘ronidan aziyat chekkan imondoshlarimizni Yahova qo‘llab-quvvatlashini so‘rab qolamiz. Shubhasizki, Xudo mehribon oqsoqollarimiz orqali ular haqida g‘amxo‘rlik qiladi. (1 Butrus 5:2)