Asosiy materiallarga o‘tish

Kashshof bo‘lib xizmat qiladigan Mudaxeranva juftligi ishga ketmoqda

2020-YIL, 6-APREL
KANADA

Xavotirli paytda xotirjamlikni saqlash

Xavotirli paytda xotirjamlikni saqlash

Birodarimiz Jan-Iv va turmush o‘rtog‘i Vashti Mudaxeranva Kanadaning Monreal shahrida koronavirusga chalinganlarga yordam bermoqda. Birodar Mudaxeranva mahalliy shifoxonada respirator kasalliklar bo‘yicha shifokor, turmush o‘rtog‘i esa COVID-19 ga chalinganlarni davolaydigan markazda hamshira bo‘lib ishlayapti. Hissan og‘ir bu paytda ular Yahovadan kuch olib, U va’da qilganiday, qalbida shodlikni his etmoqda. (Ishayo 65:14)

«Hamkasblarimning ko‘pi qo‘rquvda, oldin ularni bunday ahvolda hech ko‘rmagandim»,— dedi birodar Mudaxeranva. Uning xotini esa quyidagicha bo‘lishdi: «Shaxsiy tadqiq rosa yordam beryapti. Oxirzamon belgisi ustida mulohaza yuritamiz hamda Yahova biz bilan ekanini va bizni aslo tark etmasligini o‘zimizga eslatib turamiz. Yahovaga ibodat qilish ham juda ko‘maklashyapti. Uydan chiqishdan va ishni boshlashdan avval ibodat qilaman, so‘ng qalbimda xotirjamlikni his etaman».

Jan-Iv hamda Vashti yig‘ilishda ishtirok etyapti

Birodar Mudaxeranva shunday dedi: «Men Ruandadanman va genosiddan omon qolganman. Kanadada bunga o‘xshash holat hech ham bo‘lmagan. Shu bois, ba’zida oxirgi kunlarda yashayotganimizni unutib qo‘yishimiz mumkin. Shuni tan olishim kerakki, Yahovaning kuni kelishiga juda oz vaqt qolgani haqida doim ham o‘ylamasdim. Pandemiya tufayli oxirgi kunlarda yashayotganimizga, Muqaddas Kitobga va undagi bashoratlarga bo‘lgan ishonchim yanada oshdi».

Yahovaning butun dunyodagi xizmatchilari mazkur juftlik kabi ishonchga ega va ushbu xavotirli paytda xotirjamlikni saqlamoqda. (Ishayo 48:18)