Asosiy materiallarga o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining binosi (Toshkent)

2018-YIL 8-NOYABR
O‘ZBEKISTON

Yahova Shohidlarining Muqaddas Kitob asosidagi adabiyotlarga ega bo‘lish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlandi

Yahova Shohidlarining Muqaddas Kitob asosidagi adabiyotlarga ega bo‘lish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlandi

2018-yil mart oyidan boshlab olti oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy sudi tomonidan Yahovaning Shohidlari erkinlikda topinish masalasidagi ishlar ko‘rib chiqilgan va ular birodarlarimizning foydasiga hal qilingan. Birodarlarimizga qarshi chiqarilgan quyi sudning to‘rtta qarori Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Ma’muriy sud tomonidan esa beshta qaror bekor etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan oqlangan Yahovaning Shohidlaridan biri, Timur Satdanov

Birodarlarimiz bilan bog‘liq bu ishlarning ba’zilari, milisiya xodimlari ularni tergov qilish natijasida Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarini, jumladan, Muqaddas Kitob nusxalari topilgan elektron qurilmalarini olib qo‘yishgani tufayli ko‘tarildi. Oqibatda, quyi sudlar tomonidan birodarlarimiz aybdor deb topildi va ularga jarima solindi. Chunki ularning fikricha, imondoshlarimiz diniy adabiyotlarni tarqatish taqiqlanadi deb talqin qilish mumkin bo‘lgan qonunni buzishgan. Ming shukurki, Oliy sudning so‘nggi qarorlariga binoan, aybdor deb topilgan birodarlarimiz oqlandi va jarimalari bekor etildi.

Butun dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari bo‘lib o‘tgan voqeani bilishdan baxtiyor va hukumat a’zolaridan minnatdor. Eng muhimi esa, «xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirish» uchun yo‘l-yo‘riq taqdim etayotgan va qo‘llab-quvvatlayotgan Tangri Yahovadan minnatdorlar. (Filippiliklarga 1:7)